Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 0-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-0 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

«Navbahor» Rossiya jamoasi bilan o‘yinda ishonchli g‘alabani qo‘ldan chiqardi (videosharh)

«Navbahor» Rossiya jamoasi bilan o‘yinda ishonchli g‘alabani qo‘ldan chiqardi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ayni paytda Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan «Navbahor» bugun Rossiya Premyer-ligasi vakili “Orenburg” (Orenburg)ga qarshi  navbatdagi nazorat bahsini o‘tkazdi.

Mazkur o‘yinda “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan maydonga quyidagi futbolchilarni maydonga tushirdi:

Aleksandr Lobanov, Azimjon Ahmedov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Siyavash Haqnazari, Ruslanbek Jiyanov, Filip Ivanovich, Abrorbek Ismoilov, Yovan Jokich, Toma Tabatadze, Asadbek Sobirjonov, Alijon Alijonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Muhammadaziz Ibragimov, Navro‘zbek Iminjonov, Davronbek Olimjonov.

Ushbu bellashuvda jangovar durang – 2:2 hisobi qayd etildi.

Ta’kidlash joizki, “lochinlar” tanaffusga 42-daqiqada Ibrohim Yo‘ldoshevning 25 metrlar chamasi uzoqlikdan yo‘llagan aniq zarbasi evaziga 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan chiqib ketishgandi.

Uchrashuvning 62-daqiqasida esa orenburgliklar o‘z jarima maydonchasi ichida Ruslanbek Jiyanovga nisbatan o‘yin qoidasini buzishdi. Belgilangan penaltini jamoamizning gruziyalik hujumchisi Toma Tabatadze aniq amalga oshirgan holda, hisobni 2:0 ga yetkazdi.

Biroq bellashuvning so‘nggi daqiqasi va hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalari davom etayotgan vaqtda “Orenburg” futbolchilari - Kirill Kaplenko hamda Danila Proxinlarning gollari evaziga yakuniy hisob 2:2 ko‘rinish oldi.

“Navbahor” Turkiya yig‘ini doirasidagi navbatdagi nazorat uchrashuvini 27 yanvar kuni Bolgariyaning “Spartak” (Varna) jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 18:53, 22.01.2024.
O'qildi: 4145 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик