Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Mbappe qachon bir qarorga keladi?

Mbappe qachon bir qarorga keladi?

Baho:
+ | -

Ispaniyalik jurnalist Fransua Gallardo o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida (sobiq Twitter) "PSJ" va Franssya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening kelajagi haqida yangi tafsilotlar bilan bo‘lishdi.

Jurnalistning ta’kidlashicha, Mbappe "Real" bilan yozma hujjatlar yoki og‘zaki kelishuv bo‘lsin, hech qanday shartnoma tuzmagan. Boz ustiga, Kilian 15 kundan ortiq vaqt davomida "Qirollik klubi" vakillari bilan aloqaga chiqmayapti.

Gallardo shuningdek, Kilian Mbappe shaxsiy suhbatida 2024 yilning martida, ya’ni taxminan bir yarim oydan so‘ng bo‘lajak klubi haqida qaror qabul qilish niyatida ekanligini aniq aytganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda bir qancha manbalar Mbappening "Real Madrid" bilan shartnomasi bo‘yicha kelishib olgani va ispan klubi o‘z navbatida hozirda klub afsonasi Luka Modrich kiygan 10-raqamni taniqli fransuzga berishga tayyorligini xabar qilgan edi.

Kiritildi: 11:55, 23.01.2024.
O'qildi: 2126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик