Futbol agenti Jorje Mendesh Lissabonning "Benfika" klubidan ikki mijozi shu oyda top-klublar tomonidan sotib olinmoqchi ekanini tan oldi.
Gap markaziy himoyachi Antonio Silva va yarim himoyachi Joau Nevesh haqida ketmoqda.
"Joau Nevesh va Antonio Silvani top-klublar sotib olmoqchi, "Benfika" allaqachon takliflar olgan, ammo eshiklar haligacha yopiq.
Ular mavsum oxirigacha "Benfika"da qolishadi, bu 100% kafolatlangan. Yozda prezident Rui Koshta futbolchilar taqdirini hal qiladi", - deya Mendeshning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.