Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Alvaro Valyesni bilasizmi?

Alvaro Valyesni bilasizmi?

Baho:
+ | -

Yevropaning eng kuchli 5ta ligasi joriy mavsumi birinchi yarmida kim eng ishonchli darvozabon sifatida gavdalanganini bilasizmi?

 Eng omadsiz kiper maqomi kimga «nasib» etganini-chi? Rossiyalik ijodkorlar ayni shu masalaga qiziqib ko‘rishdi. Xo‘sh, mavsumning birinchi qismida darvozabonlarda effektlilik reytingi qanday ko‘rinish oldi?

Avvalo, kutilgan gollar soni va amalda qo‘yib yuborilganlari miqdori o‘rtasidagi balans bo‘yicha eng yuqori ijobiy ko‘rsatkichga ega kiperlar haqida. La Liga vakili «Las-Palmas»ning «notanish» darvozaboni Alvaro Valyes mavsumning birinchi yarmida kamtarin jamoasini deyarli 9ta sof goldan qutqarib qoldi - eng yaxshi natija. Darvozabonning ishonchlilik effekti «Las-Palmas» natijalarida ham o‘z aksini topmoqda - mavsum-2017/2018dan buyon La Ligada ilk marta ishtirok etayotgan klub Ispaniya chempionati birinchi davrasini 10-o‘rinda yakunladi. Debyu­tant uchun chakki emas, to‘g‘rimi? 3-yaxshi natija egasi - 27 yoshli Gulyelmo Vikarioga ham alohida to‘xtalish kerak. Yozda «Empoli»dan «Tottenxem»ga o‘tgan kiper darhol «shporlar» sardori Ugo Lyorisni «ishdan chiqardi» va endi gollar oldini olish ko‘rsatkichi bo‘yicha top-ligalar vakillari orasida yetakchilardan biri bo‘lib turibdi. E’tiborli fakt: kuchli 5ta ligadagi eng kuchli 10 nafar shotstopper ro‘yxatida Italiya futbolining uch vakili bor - Vikariodan tashqari, Pyetro Terrachchano va Mikele di Gregorio. Ligalar bo‘yicha taqsimot esa teng: La Liga, «A» seriya, APL, Liga 1 va Bundesliganing har biridan 2 nafar darvozabon bor.

Endi kutilgan gol (xG) va amalda qo‘yib yuborilganlari miqdori o‘rtasida eng katta salbiy farq mualliflari haqida. «Salernitana» darvozaboni Gilyermo Ochoani salbiy reytingning kuchli uchligida ko‘rish g‘alati. Har holda, meksikalik tajribali darvozabon terma jamoalar o‘rtasidagi yirik turnirlarda amalga oshirgan sehrli «seyv»lari bilan esda qolgan. To‘g‘ri, Ochoaning kelasi yoz 39 yoshga to‘lishini ham inobatga olish kerak. E’tiborlisi, effekti eng past kiperlar qatorida La Liga va Liga 1 jamoalaridan vakil yo‘q. Oddiy aytganda, eng omadsiz darvozabonlar Bundesliga (3 nafar), «A» seriya (3 nafar) va APL (4 nafar)da. Agar mamlakatlar bo‘yicha olsak, Niderlandiya, Meksika, Germaniya, Angliya, Chexiya, Gresiya, Ruminiya, Daniya va Italiya (2 nafar) vakillari salbiy reytingdan joy olishdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 23.01.2024.
O'qildi: 1071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик