Kirish Ro'yxatdan o'tish

Afrika kubogida guruhda qolib ketgan Jazoir murabbiyi bilan xayrlashdi

Afrika kubogida guruhda qolib ketgan Jazoir murabbiyi bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Jazoir terma jamoasi Afrika kubogidagi omadsizlikdan keyin bosh murabbiysiz qoldi.

Jazoir futbol federasiyasi prezidenti Valid Sadi jamoa guruhdan chiqa olmaganidan keyin Jamol Belmadi bilan uchrashgani va u bilan shartnomani bekor qilishga kelishib olganini aytdi.

Jazoir Angola, Burkina-Faso va Mavritaniya bilan to‘rtlikda oxirgi o‘rinni egalladi. Jamoa ketma-ket ikkinchi marta turnirda guruh bosqichidan o‘ta olmadi.

Belmadi milliy terma jamoani 2018 yildan buyon boshqarib kelayotgandi va ular bilan 2019 yilda Afrika kubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 05:21, 25.01.2024.
O'qildi: 882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик