Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Metallurg»ning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

«Metallurg»ning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Bugun "El Golaso" futbol akademiyasi majlislar zalida "Metallurg" PFKning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda klub rahbariyati, jamoalar, akademiya, stadion ma’muriyati, barcha tizim rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Klub bosh direktori Shavkat Saidov bir kun muqaddam O‘FAda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ma’lumot berarkan, klublar faoliyati, infratuzilmasi hamda moliyaviy hisobotlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlar jiddiy tanqid ostiga olinganligini e’tirof etdi.

O‘FA yig‘ilishidan kelib chiqqan holda "Metallurg" futbol klubida ham barcha tizimlar o‘z ishlariga yanada mas’uliyat bilan yondoshishlari, qonun ustuvorligiga qat’iy amal qilish, shaffoflik, to‘g‘rilik hamda halollikka rioya etib, tartib-intizom, nazoratning kuchaytirilishi zarurligi uqtirildi.

Futbol klubi tizimidagi barcha yo‘nalishlar – asosiy tarkib, o‘rinbosarlar, yoshlar jamoalari, akademiya, ayollar futboli, futzal yo‘nalishi oldiga qo‘yilgan talablar tahlil etib berildi. O‘FA tomonidan kelishilgan o‘yinlarga qarshi keskin va ayovsiz kurash davom ettirilishi ma’lum qilinib, "Metallurg" futbol klubida ham bu masalalarga jiddiy yondoshish zarurligi ta’kidlandi.

Ortda qolgan mavsum yakunlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, nuqsonlar jiddiy tanqid qilindi. Hisobotchilar bo‘limi, kadrlar bo‘limi, marketing bo‘limi, hamda jamoa adminstratorlari jiddiy ogohlantirildi.

Yig‘ilish so‘ngida klub tizimidagi barcha jamoa murabbiylariga yosh, iqtidorli futbolchilarga yanada ko‘proq e’tibor qaratish, o‘yin amaliyoti bilan doimiy ta’minlash, O‘zbekiston yoshlar terma jamoalariga munosib kadrlar yetkazib berishda jonbozlik ko‘rsatish muhimligi aytildi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 22:51, 25.01.2024.
O'qildi: 1274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик