Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Futzal. Birinchi ligada 10 ta jamoa ishtirok etadi

Futzal. Birinchi ligada 10 ta jamoa ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha Birinchi liga musobaqasi yanvar oyida start olishi rejalashtirilgandi. Assosiasiya ish rejasi hamda mazkur masalaning Liga bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi ma’lum vaqt olganidan kelib chiqib, birinchilik fevral oyida start oladigan bo‘ldi.

Joriy mavsum Oliy liga yo‘llanmasi uchun 10 ta jamoa o‘zaro kurash olib boradi: Andijon, Neftchi, Mash’al, Sho‘rtan, Surxon, Qizilqum, Aral, shuningdek, Jizzaxning Dizak va Qang‘li jamoalari hamda O‘FA qoshidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy futzal termasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes taklifi bilan mamlakat yoshlar terma jamoasiga nomzod futbolchilardan iborat mamlakat U19 terma jamoasi tashkil etildi. Turli jamoalarda faoliyat olib borayotgan yosh iqtidorlar U19 terma jamoasi safida Birinchi liga bellashuvlarida ishtirok etadi. Sportchilarga sharoit yaratish maqsadida Oliy va Birinchi liga bellashuvlari bir kunda o‘tkazilmaydi.

Rejaga ko‘ra, Birinchi liga ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchisida barcha jamoa o‘zaro bir martadan to‘qnash keladi. Jamoalar geografiyasidan kelib chiqib, umumiy 9 ta tur 3 ta viloyat: Jizzax, Farg‘ona va Qarshida bo‘lib o‘tadi. Har bir viloyatda jamoalar uch martadan maydonga tushadi.

Ikkinchi bosqichga dastlabki sakkiz o‘rinni egallagan jamoalar yo‘l oladi va ular pley-off o‘yinlari ko‘rinishida yakunda g‘olibni aniqlaydi. 1/4, 1/2 final o‘yinlariga ko‘ra mag‘lub jamoalar turnirdan chiqadi.

Birinchi bosqich g‘olibi kelasi mavsumni Oliy ligada o‘tkazadi. Ikkinchi bosqich g‘olibi esa o‘tish o‘yinida ishtirok etadi. Har ikki bosqichda ham bitta jamoa g‘olib chiqsa, u holda o‘tish o‘yinida ikkinchi bosqich finaliga chiqqan jamoa o‘ynaydi.

Manba: futsal.uz
Kiritildi: 20:54, 26.01.2024.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик