Kirish Ro'yxatdan o'tish

Portugaliya: Diyora Keldiyorova va Dilshod Baratov Gran-pri turnirining chempionligi uchun kurashadi!

Portugaliya: Diyora Keldiyorova va Dilshod Baratov Gran-pri turnirining chempionligi uchun kurashadi!

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

-52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan dzyudochimiz Diyora Keldiyorava Portugaliya Gran-prisining kumush medalini naqd qilib, final bahsiga yo’llanmani qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash kerak, bunga qadar Keldiyorova saralash bahsida Shradxa Chopade (Hindiston), nimchorak finalda Annika Verfel (Germaniya) kabi raqiblarini mag‘lub etdi. Chorak finalda Yerin Jung (KXDR), yarim finalda esa Glafira Borisova (IJF) ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan sportchimiz oltin medal uchun kurashish imkoniga ega bo‘ldi. Endi finalda hamyurtimizga Yevropa chempionati sovrindori vengriyalik Rika Pupp raqiblik qiladi.

-60 kg vazn toifasining erkaklar bahsida kurashayotgan dzyudochimiz Dilshod Baratov esa finalda Panamerika chempionati sovrindori braziliyalik Mishel Avgusto bilan kurash olib boradi. Sportchimiz bunga qadar saralashda Emerson Silva (Portugaliya), nimchorak finalda Lopez Barroso (Ispaniya), chorak finalda Ve Yung Yang (Xitoy Taypeyi), yarim finalda Turan Baymarov (Ozarbayjon) kabi katta tajribaga ega bo‘lgan nomdor sportchilarni dog‘da qoldirdi.

Shuningdek, terma jamoamizning yana bir a’zosi Sita Qadamboyeva turnirni kuchli beshlikda yakunladi. Bu bilan u o‘z hisobiga 252 ochkoni yozib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, turnirning final bahsi Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi!

Manba: judouz
Kiritildi: 21:14, 26.01.2024.
O'qildi: 978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.