Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Las-Palmas" ustozi Bellingemning navbatdagi o‘yindagi ishtiroki haqida gapirdi

"Las-Palmas" ustozi Bellingemning navbatdagi o‘yindagi ishtiroki haqida gapirdi

Baho:
+ | -

“Las-Palmas” bosh murabbiyi Garsiya Pimiyenta “Real” Jud Bellingemning yo‘qligidan nolimaydi, degan fikri bilan o‘rtoqlashdi.

"Agar Bellingemsiz g‘alaba qozonish imkoniyatimiz ko‘proq desak, yolg‘on gapirgan bo‘lamiz. U birinchi o‘yinda ham maydonga tushmadi, "Real" hatto ba’zi futbolchilarga dam berdi, ammo biz o‘yinda g‘alaba qozona olmadik. Ularda bitta o‘yinchi o‘rniga boshqa o‘yinchi maydonga tushishi bilan muammo yo‘q.

Albatta, Bellingemning maydonga tushishi muxlislar uchun qo‘shimcha rag‘bat bo‘lardi. Har bir inson eng yaxshi o‘yinchilarni ko‘rishni istaydi va shuning uchun hamma bu tomoshaga ishonadi. Ammo Bellingem u yerda bo‘lmagani uchun biz "Real Madrid" bu mavsumda o‘zining eng yaxshi to‘purarini yo‘qotishidan foydalanishga harakat qilamiz", - deya Pimiyenta so‘zlarini keltirmoqda Estadio Deportio.

Eslatib o‘tamiz, La Liganing 21-turida Madridning “Real” klubi safarda “Las-Palmas”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 27 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 20:15 da bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 07:10, 27.01.2024.
O'qildi: 1235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик