Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Angliya kubogi. «Manchester Yunayted» quyi divizion klubini qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

Angliya kubogi. «Manchester Yunayted» quyi divizion klubini qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Angliya kubogining 4-bosqichi doirasida «Manchester Yunayted» bugun safarda «Nyuport» klubi mehmoni bo‘lib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bahsning 7-daqiqasida mehmonlar sardori Brunu Fernandesh hisobni ochgan bo‘lsa, 13-daqiqada Kobbi Maynu farqni ikkitaga oshirdi.

Shundan so‘ng gol urish navbati mezbonlarga keldi. 36-daqiqada Brin Morris, 47-daqiqada esa Uill Evans to‘p kiritib, muvozanatni tiklashdi.

68-daqiqada Antoni aniq zarba bilan "MYU"ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 94-daqiqada Rasmus Xeylund yakuniy hisobni o‘rnatdi.

«MYU» nimchorak finalda «Bristol Siti» – «Nottingem Forest» juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Angliya kubogi, 1/16 final
Nyuport – Manchester Yunayted 2:4 (1:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 7 Brunu Fernandesh, 0:2 – 13 Maynu, 1:2 – 36 Morris, 2:2 – 47 Evans, 2:3 – 68 Antoni, 2:4 – 90 Xeylund.
Nyuport – Taunsend, Bennett (Baker, 79), Klark, Dileyni, Lyuis (Peyn, 70), Uildig (Pleyer, 78), Morris, Charsli (Vayt, 78), Maklolin, Palmer-Xoulden (Vud, 90), Evans.
Manchester Yunayted – Bayindir, Diogu Dalot, Varan (Evans, 90), Martines (Maguayr, 89), Shou (Kambvala, 82), Kazemiro (Maktominey, 81), Brunu Fernandesh, Maynu, Antoni (Forson, 88), Garnacho, Xeylund.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (72).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:35, 28.01.2024.
O'qildi: 1570 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик