Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya 0-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» Saudiya Arabistonining «Ash-SHabob» klubi bilan durang qayd etdi

O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» Saudiya Arabistonining «Ash-SHabob» klubi bilan durang qayd etdi

Baho:
+ | -

«Dinamo» jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari yig‘ini doirasidagi so‘nggi o‘yinni Saudiya Arabistonining «Ash-SHabob» klubiga qarshi o‘tkazdi.

Ar-Riyod va Samarqand klubi o‘rtasidagi bahsda «Dinamo» bosh murabbiyi Vadim Abramov barcha o‘yinchilari xizmatidan foydalana olgan bo‘lsa, Saudiya klubining nomdor legionerlaridan biri Yannik Ferreyra Karrasko «Dinamo»ga qarshi o‘yinda kichik jarohati sababli maydonga tusha olmadi. U «Ash-SHabob»ning 4 kun avvalgi «Roma»ga qarshi o‘yinida (1:2, Karrasko – Lukaku, Koshta) gol muallifiga aylangan, ammo jarohat olgandi.

Abu-Dabidagi o‘yinda «Dinamo» 30-daqiqada Pro liga to‘purari Anvarjon Hojimirzayevning yakkama-yakka vaziyatdagi goli evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay saudiyaliklar Kolumbiya milliy jamoasi a’zosi Gustavo Kuelyarning faolligidan keyin «Ash-SHabob»ning braziliyalik forvardi Karlos Karvalyo Junior chiroyli goli bilan hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Ikkinchi bo‘limda ham har ikki jamoa gol urib, g‘alabani ilib ketish uchun shiddatli o‘yin namoyish etdi, ammo O‘zbekiston va Saudiya klubi o‘rtasidagi bahsda kuchlar teng keldi.

Shu tariqa, Vadim Abramov murabbiyligida ko‘hna shahar jamoasi BAA yig‘ini doirasidagi so‘nggi ikki uchrashuvda Saudiyaning ikki klubi «Ash-Fayha» va «Ash-SHabob» bilan o‘yinlarda durang qayd etib, yig‘inni yakunladi. «Dinamo» 29 yanvar kuni Samarqandga qaytishi rejalashtirilgan.

O‘rtoqlik o‘yini. 28 yanvar
«Ash-SHabob» (S.Arabistoni) – «Dinamo» (O‘zbekiston) – 1:1
Gollar: Karlos Junior 32 – Anvarjon Hojimirzayev 30
«Ash-SHabob»: Mussa Kamara, Hussayn, Yago Dos Santos, Nader Ash-SHarari, Hamad Ash-YA’mi (Muhammad Harbush, 65), Gustavo Kuelyar (Navaf Ash-Saadi, 60), Riyod Sharahili, Majid Kanaba (Muayyad Ash-SHuvayfay, 58), Abdulla Ash-Jui (Husayn Ash-Qahtoni, 46), Hattan Bahbari (Nosir Ash-Bishi, 60), Karlos Karvalyo Junior.
«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Ulug‘bek Abdullayev, Artyom Sokol, Xurshidbek Ubaydullayev, Anvarjon Fayzullayev, Vladimir Kozak, Sanjar Shoahmedov, Fransis Narx, Xislat Xalilov, Farrux Ikromov, Anvarjon Hojimirzayev.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Ravshanbek Yagudin, Salim Mustafoyev, Dushan Miyich, Komil Sharofutdinov, Vohidjon Oqbo‘tayev, Humoyunmirzo Iminov, Damir Temirov, Javlon Malikov, Husniddin G‘ofurov, Emmanuel Yagr, Bahodir Nasimov.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 09:51, 29.01.2024.
O'qildi: 1802 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.