Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Osiyo kubogi. Qatar Falastin ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Osiyo kubogi. Qatar Falastin ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Osiyo kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan to‘rtinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Musobaqa mezboni Qatar terma jamoasi Falastinga qarshi maydonga chiqib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Falastinliklar birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin namoyish etishdi. 37-daqiqada Qatar himoyachisining xatosidan foydalangan Oday Dabbag‘ darvozani ishg‘ol qildi.

Maydon egalari esa birinchi taymga qo‘shib berilgan 7-daqiqada hisobni tenglashtirishdi. Qatarliklar burchak zarbasini chiroyli tarzda amalga oshirishdi hamda Hasan al-Haydos to‘pni darvozaga joyladi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Qatar penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Akrom Afif undan samarali foydalanib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Bu Afifning turnirdagi to‘rtinchi goli bo‘ldi.

O‘yin oxirigacha hisob o‘zgarmadi va Qatar chorak finalga chiqdi. Bu jamoaga 1/4 final bosqichida O‘zbekiston-Tailand o‘yini g‘olibi raqib bo‘ladi.

Osiyo kubogi, 1/8 final
Qatar – Falastin - 2:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 37 Dabbag‘, 1:1 – 45 Al-Haydos, 2:1 – 49, penalti Akrom Afif.
Qatar – Barsham, Ro-Ro, Lukas Mendes, Xuxiy (Salmon, 46), Ar-Roviy (Al-Janhiy, 46), Abdulvahob, Jobiy (Ali, 89), Fataxiy, Afif, Al-Haydos (Xatem, 59), Ali.
Falastin – Hamadiy, Solih, Termaniniy, Saldanya, Mxagna, Xarub (Bassim, 75), Al-Battat, Seyyam (Batran, 58), Dabbag‘, Kunbar (Qumbor, 83), Abu Varda.
Ogohlantirishlar: Seyyam (15), Solih (48), Mxagna (85).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:16, 29.01.2024.
O'qildi: 3145 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик