Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Yevropada joriy mavsum eng ko‘p ochko jamg‘argan klublarni bilasizmi?

Yevropada joriy mavsum eng ko‘p ochko jamg‘argan klublarni bilasizmi?

Baho:
+ | -

"Bavariya", "Manchester Siti", "Liverpul" va "PSJ" kabi klublar 2023/24 yilgi mavsumda eng ko‘p ochkoga ega jamoalar sirasiga kirmaydi. Kuchli beshlik chempionatlarida kutilmagan jamoalar yetakchilar qatoriga qo‘shilgani, barchani qoyil qoldirmoqda. Mavsum oxiriga qadar bu tendensiya saqlanib qoladimi yoki yo‘q, bu boshqa masala. Quyida joriy mavsumning eng yaxshi ochkoga ega beshta klubini bilib olasiz.

5. "Bayer Leverkuzen" – 49 ochko

Bundesligada yangi yetakchi paydo bo‘lganini hamma biladi. "Bayer" uchun bunday natijaga erishish oson bo‘layotgani yo‘q. Xabi Alonso boshchiligidagi jamoa 19 ta bahsda 49 ochko jamg‘arib, ayni damda turnir jadvali peshqadami bo‘lib turibdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, "Bayer Leverkuzen" hali biror o‘yinda mag‘lubiyat qayd etmadi. Bu klub har bir o‘yinda o‘rtacha 2.58 ochko jamg‘armoqda va bu ko‘rsatkich ham Yevropadagi eng yuqorisidir.

4. "Yuventus" – 53 ochko

Allegri futbol ommasiga o‘z falsafasi haliyam tirik va u ishlashini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ya oldi. Turinliklarga bu mavsumda yevrokuboklarning yo‘q ekani ham foyda bermoqda. "Yuventus" hozirga qadar 22 ta o‘yinning 16 tasini g‘alaba, 5 tasini durang va faqat bittasini mag‘lubiyat bilan yakunladi. Shu ketishda "Keksa sinyora" yana eski davrlardagi kabi chempionlik shoxsupasiga chiqa oladi.

3. "Real Madrid" – 54 ochko

Karlo Anchelotti shogirdlari mavsumning hozirgi qismiga qadar allaqachon o‘z raqiblari bo‘lmish "Atletiko" hamda "Barselona"dan yetarlicha o‘zib ketishga ulgurdi. Kutilmagan raqibni hisobga olmaganda, hozir madridliklar bilan hammasi joyida. "Real" yetakchidan bir ochko ortda. Ammo ularning qo‘lida bitta zaxira o‘yini bor. Qisqa qilib aytganda, chempionlik va jamoa taqdiri faqatgina "qaymoqrangliklar"ning o‘z qӯlida.

2. "Inter" – 54 ochko

O‘tgan mavsumni YECHL finalchisi sifatida yakunlagan "Inter" bu mavsumda yanada yaxshiroq bo‘lishga intilmoqda. Har qanday o‘lchovlarda Inzagi shogirdlarining ishi besh. Yevropada faqatgina "Jirona" va "Bavariya" "Inter"dan ko‘p gol ura olgan xolos. Kam gol o‘tkazish borasida esa "Inter"ga yetadigani yo‘q. Jamoa markaziy hujumchisi Lautaro Martines joriy mavsumda 19 ta bahsda maydonga tushib, 19 ta golga mualliflik qildi.

1. "Jirona" – 55 ochko

Agarda sizga kimdir bundan olti oy oldin La-Liganing yetakchisi fevral oyida ham "Jirona" bo‘ladi desa, siz uning ustidan kulgan bo‘lardingiz. Ha, "Barsa" va "Atletiko" muammoli jamoalarga aylanib qolgan. Ammo "Real" bilan kurashish, oson emas. Buni hamma yaxshi biladi. 22 ta bahsda 55 ochko to‘plash ham hammaga emas. Shu ketishda kataloniyaliklar mavsum oxirida 95 ochko to‘play oladi. Bu esa 2009-2013 yillardagi "Barsa" va "Real"dan yaxshiroqdir.

 

 

 


ISMATOV J.

 
Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 12:00, 31.01.2024.
O'qildi: 2242 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.