Tajribali himoyachi Jerom Boateng Italiyada o‘ynaydigan bo‘ldi.
Sky nashrining xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi "Salernitana" bilan kamida olti oylik shartnoma imzolaydi. Qayd etilishicha, Boateng payshanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Agar hamma narsa yaxshi bo‘lsa, himoyachi shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, Jerom Boateng yozdan beri "Lion"ni tark etganidan keyin erkin agent bo‘lib kelmoqda. "Salernitana" hozirda Italiya chempionati turnir jadvalida oxirgi, 20-o‘rinni egallab turibdi.