Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Osiyo kubogi. Yaponiya muammosiz Bahraynni mag‘lub etdi

Osiyo kubogi. Yaponiya muammosiz Bahraynni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Osiyo kubogi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan yettinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Yaponiya terma jamoasi Bahraynga qarshi maydonga chiqib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bahrayn mudofaasi yarim soat raqib bosimiga dosh berdi. 31-daqiqada Ritsu Doan hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Takefusa Kubo farqni ikkitaga oshirdi.

Ikkinchi taym o‘rtalarida bahraynliklar avtogol evaziga bitta javob to‘pini kiritishdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Ueda "kunchiqar yurt" vakillarining uchinchi goliga mualliflik qildi. Ayasening musobaqadagi gollari soni 4 taga yetdi.

Shu tariqa, Yaponiya chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yaponlar keyingi bosqichda Eron-Suriya o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Osiyo kubogi, 1/8 final
Bahrayn – Yaponiya 1:3 (0:1)
Gollar: 0:1 – 31 Doan, 0:2 – 49 Kubo, 1:2 – 64, avtogol Sudzuki, 1:3 – 72 Ueda.
Bahrayn – Lutfulloh, Odil, Bakir, Al-Hayyom, Ali Abdulla Marhun (Al-Humaydan, 64), MUhammad Yusuf (Atede, 77), Al-Asvad (Al-Hashash, 77), Ash-SHayx (As-Salama, 90), Ali (El Xallasiy, 90), Ali Madan, Yusuf.
Yaponiya – Sudzuki, Maikuma, Itakura, Tomiyasu, Nakayama, Endo, Doan (Matida, 80), Kubo (Minamino, 68), Xatate (Morita, 36), Nakamura (Mitoma, 68), Ueda (Asano, 80).
Ogohlantirishlar: Yusuf (52), Maikuma(57), Al-Hayyom (79).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:45, 31.01.2024.
O'qildi: 2468 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.