Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

Ja’far Irismetov O‘zbekiston-Tailand o‘yiniga xulosa berdi

Ja’far Irismetov O‘zbekiston-Tailand o‘yiniga xulosa berdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Ja’far Irismetov O‘zbekistonning Osiyo kubogi nimchorak final bosqichida Tailandga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Eng muhim — natija. Birinchi bo‘limda to‘pni nazorat qildik va golga tortadigan vaziyat yaratdik. Ikkinchi taymda esa biroz charchab qoldik va raqibga hujum qilish imkonini berdik. Hattoki hisob tenglashdi. Oston O‘runov yana hujumning oldi chizig‘ida tushirilgani g‘alati. Yana hujumchisiz o‘yin o‘tkazdik. Diyor Xolmatov asosiy tarkibda maydonga tushgani zo‘r bo‘ldi. Xolmatov golga uzatma berdi. Turg‘unboyev bilan "Paxtakor"cha bog‘lam ishladi. O‘runov esa, ochig‘ini aytsam, o‘zini u qadar yaxshi ko‘rsata olmadi, o‘zining eng kuchli jihatidan foydalanmadi.

Yigitlar charchagani sezildi. Ularga biroz og‘ir bo‘ldi. Ayni paytda murabbiylar uchun eng muhimi — Qatarga qarshi o‘yin oldidan futbolchilarni jismoniy jihatdan tiklab olish. Ba’zi futbolchilar safga qaytadi va tanlov imkoniyati bo‘ladi. O‘ylashimcha, murabbiy o‘yinni tahlil qiladi va xatolarni to‘g‘irlaydi.

Fayzullayev esa yaxshi harakat qildik va gol urdi. Gol urar ekan, demak, yaxshi o‘ynadi. Abbosga katta umidlar bildirilyapti. U o‘z darajasida harakat qildi. Unga nimadir yetishmadi, balki, toliqqandir. Biz esa undan ko‘prog‘ini kutyapmiz.

Keyingi o‘yingacha u tiklanib olib, yanada yaxshiroq o‘ynaydi, deb umid qilaman. G‘alaba qozondikmi, demak, barcha yaxshi o‘ynaydi! Agar O‘zbekistonga keyingi uchrashuvda g‘alaba qozonsa, yarim finalga chiqadi. G‘alabalar kutamiz!» – dedi Irismetov.

Manba: https://metaratings.ru
Kiritildi: 21:18, 31.01.2024.
O'qildi: 3344 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.