Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Pochchetino: "Liverpul" finalga chiqsa - bu juda katta bayram, "Chelsi" finalga yo‘l olsa "bu odatdagidek ish" kabi javob berishadi"

Pochchetino: "Liverpul" finalga chiqsa - bu juda katta bayram, "Chelsi" finalga yo‘l olsa "bu odatdagidek ish" kabi javob berishadi"

Baho:
+ | -

"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino 25 fevral kuni "Liverpul"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Liga kubogi finali haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bizga shubha qiladigan odamlar biz kabi har kuni 12 soat klubda bo‘la olmaydi. Va bu yerda sodir bo‘layotgan hamma narsani tushuntirib bera olmaymiz. Farqi shunda. 7 oydan so‘ng, bu holatlarning barchasi travmatik... Agar katta narsalarga qarasangiz - biz "Liverpul"ga qarshi Liga kubogi finalidamiz.

20ta jamoadan faqat 2tasi chempionlik uchun kurashadi. Biri "Liverpul" ikkinchisi "Chelsi". O‘ylaymanki, hozircha biz unchalik e’tirof etilmayapmiz. Biz "Brayton" va "Nyukasl" kabi jamoalarni mag‘lub etib, finalga chiqdik, chunki biz bunga haqli edik. Lekin hech kim hech narsa demadi.

"Liverpul" finalga chiqsa - bu juda katta bayram. Ammo "Chelsi" finalga yo‘l olsa "bu odatdagidek ish" kabi javob berishadi. Bu haqiqatan ham adolatsizlik" - dedi Pochettino.

"Chelsi" Liga kubogi finali yo‘lida "Uimbldon", "Brayton", "Blekbern", "Nyukasl" va "Midlsbro"ning to‘sig‘idan o‘tdi.

"Liverpul" "Lester", "Bornmut", "Vest Xem" va "Fulxem"ni mag‘lub etdi.

Kiritildi: 21:24, 31.01.2024.
O'qildi: 1462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.