Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Rasman! Boateng A Seriya klubiga o‘tdi

Rasman! Boateng A Seriya klubiga o‘tdi

Baho:
+ | -

Italiyaning "Salernitana" futbol klubi Myunxenning "Bavariya" va Germaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jerom Boatengning transferini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Boateng "Bavariya"da 10 yil o‘ynagan. Bu vaqt ichida nemis himoyachisi nemis klubi bilan 25 ta sovrin yutgan. Himoya chizig‘i futbolchisining oxirgi jamoasi "Lion" bo‘ldi. Boatengning fransuz klubi bilan shartnomasi o‘tgan yilning 1 iyulida yakuniga yetgandi. Tomonlar hamkorlikni uzaytirmaslikka qaror qilishdi.

Joriy mavsumda Italiya chempionatining 22-turidan so‘ng "Salernitana" 12 ochko bilan oxirgi, 20-o‘rinni egallab turibdi. Ichki chempionatning navbatdagi uchrashuvida "Salernitana" safarda “Torino”ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 17:14, 02.02.2024.
O'qildi: 1274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик