Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Osiyo kubogi. 1/4 final. Avstraliya «og‘zidagi osh»ni Koreyaga boy berdi

Osiyo kubogi. 1/4 final. Avstraliya «og‘zidagi osh»ni Koreyaga boy berdi

Baho:
+ | -

Osiyo kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan Avstraliya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 120 daqiqa davom etdi. Vaholanki, o‘yin asosiy vaqtda yakunlanishi ham mumkin edi.

Birinchi bo‘limda "sariq qit’a" vakillari yaxshi o‘tkazishdi va uchrashuvning 42-daqiqasida hisobni ochishdi: Kreyg Gudvin darvozani ishg‘ol qildi.

Avstraliya ikkinchi bo‘limda gol urish uchun naq 3 ta vaziyatga ega bo‘ldi, ammo bu vaziyatlarda omad koreyaliklar tomonida bo‘ldi. Bahs so‘ngida Klinsmann shogirdlari bor kuch bila raqib darvozasi tomon tashlanishdi va 90+4-daqiqada penalti ishlashdi. Xvang Xi-CHan esa 11 metrli nuqtadan kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi.

Bu gol koreyaliklar ruhiy ustunlikni taqdim etdi. Birinchi ekstra-taym yakunlanish arafasida Son Xyong Min jarima zarbasidan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Ushbu bo‘limga qo‘shib berilgan 4-daqiqada esa avstraliyalik Ayden O'Nill maydondan chetlatildi.

Bu esa amalda o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi. Shu tariqa, Janubiy Koreya yarim finalga chiqdi va final yo‘llanmasi uchun Iordaniyaga qarshi jang qiladi.

Osiyo kubogi-2023. Chorak final
Avstraliya – Janubiy Koreya 1:2 (0:1, 0:1, 0:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 42 Gudvin, 1:1 – 90, penalti Xvan Xi Chxan, 1:2 – 104 Son Xyong Min.
Avstraliya – Rayan, Atkinson (Miller, 73), Suttar, Roulz, Bexich, Irvayn, Bakkus (O`Nil, 70), Metkalf (Makgri, 70), Gudvin (Bos, 73), Boyl (Berdjess, 87), Dyuk (Fornaroli, 92).
Janubiy Koreya – Chjo Xen U, Kim Txe Xvan (Yan Xen Chjun, 85), Kim Yen Gvon, Kim Min Chje, Sol Yen U, Pak Yen U (Jin-Seop, 105), Xvan In Bom (Xon Xen Sok, 77), Li Kan In, Son Xyong Min, Xvan Xi Chxan (O Xen Gyu, 105), Chjo Gyu Son (Li Chje Son, 69).
Ogohlantirishlar: Suttar (45), Kim Min Chje (90).
Chetlatish: O`Nil (105).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:22, 02.02.2024.
O'qildi: 6759 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.