Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Rasman. Umarbek Eshmurodov Malayziya klubi bilan shartnoma imzoladi (video)

Rasman. Umarbek Eshmurodov Malayziya klubi bilan shartnoma imzoladi (video)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi va "Nasaf" klubi himoyachisi Umarbek Eshmurodov Malayziyaning "Selangor" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda "Selangor" klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 31 yoshli futbolchining "Nasaf" bilan shartnomasi yakuniga yetgan va u erkin agent sifatida Malayziya klubi bilan shartnoma imzoladi. Ushbu klub kelasi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasida ishtirok etadi.

Kosonda tug‘ilgan Eshmurodov futbolchilik faoliyatini 21 yoshda "Sho‘rtan"da boshlagan. U g‘uzorliklar safida 4 mavsum o‘ynab, 83 bahsda 4 gol urgan. Umarbek shundan so‘ng "Nasaf" safiga o‘tib, Superliga, O‘zbekiston kubogi va Osiyo chempionlar ligasida klub sharafini himoya qildi. Umarbek "Nasaf"ning so‘nggi mavsumlardagi sardori sifatida harakat qildi. Futbolchi ilk marta 2020 yilda O‘zbekiston terma jamoasidan taklif oldi.

"Selangor" Eshmurodov uchun ilk xorij klubi bo‘ladi.

"Ochig‘ini aytsam, men doimo xorijda o‘ynashni istardim. O‘zbekistondagi 12 yillik faoliyatimdan so‘ng ilk marta xorijga yo‘l olyapman. Umid qilaman, orttirilgan tajribam tufayli "Selangor"ning joriy mavsumda muvaffaqiyatga erishishida yordam beradi", — dedi Umar.

Eslatib o‘tamiz, Umarbek Eshmurodov ayni paytda O‘zbekiston milliy jamoasi safida Osiyo kubogida ishtirok etmoqda. Futbolchi "Selangor" muxlislariga murojaat qilib, musobaqadan keyin Malayziyada ko‘rishishini ma’lum qildi.

"Selangor" Malayziyaning 2023 yilgi mavsumda 2-o‘rinni egalladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:59, 03.02.2024.
O'qildi: 2564 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик