Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Runi «MYU» hujumidagi o‘zining eng sevimli sherigi kim bo‘lganini aytdi

Runi «MYU» hujumidagi o‘zining eng sevimli sherigi kim bo‘lganini aytdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi o‘zining hujumdagi sevimli sherigi haqidagi savolga javob berdi.

“Teves. Menga bizning muloqotimiz yoqardi. Rostini aytsam, ikkalamiz bir-birimizni juda yaxshi to‘ldirardik. Odatda, agar men Lui Saa, Rud van Nistelroy yoki Robin van Persi bilan o‘ynaganimda, bu hujumchilar doim to‘qqizlik pozisiyasida o‘ynashardi va menga o‘nlik nuqtada o‘ynashni aytishardi. Teves bilan biz rotasiya qila olardik, men "to‘qqizlik"da o‘ynashim mumkin edi, u esa "o‘nlik" o‘rnini egalladi va aksincha. To‘pni yo‘qotib qo‘yganimizda, uni qaytarib olishga urinayotgan ikki buqadek bo‘lardik. Hujumchi sherigi sifatida u men bilan o‘ynashdan eng ko‘p zavqlangani edi", - deya Runi so‘zlarini keltiradi Sport Bible.

38 yoshli sobiq hujumchi Ueyn Runi 2004 yilning yozidan 2017 yilning yoziga qadar "Manchester Yunayted"da o‘ynagan.

Kiritildi: 12:26, 04.02.2024.
O'qildi: 1463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.