Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Aleksandr Xomyakov ikkita o‘yin bo‘yicha qanday fikrda?

Aleksandr Xomyakov ikkita o‘yin bo‘yicha qanday fikrda?

Baho:
+ | -

“Andijon” kecha ikkita o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazganidan xabaringiz bor.

Dastlab Ruminiyaning “Selimbar” jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynaldi. Ikkinchi nazorat uchrashuvida Gruziyaning “Sabultaro” klubiga 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi.

Bellashuvlardan keyin “Andijon” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

“Dastur bo‘yicha ishlamoqdamiz, o‘yinlar o‘tkazyapmiz. Rosti, boshqacha o‘yin kutgandim. Birinchi uchrashuvni yaxshi boshladik. Keyin esa biroz charchab qoldik. Ikkinchi bo‘limda ko‘proq imkoniyatlar yaratdik, lekin yana hujumlarni yakunlashda muammo bor. Hujumlarsiz o‘ynash juda qiyin, albatta.

Ikkinchi o‘yinda Gruziya jamoasi kuchliroq edi, ruminlarga qaraganda. Umumiy olganda, yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Gruzin jamoalari doim o‘yinlarda xukmronlik qilgan. Birinchi bo‘limda katta ustunlikda o‘ynashga harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda himoyadan o‘ynadik, ular bundan foydalanib, ikkita gol kiritdi. Asosiy muammo - bu hujumlarning yakuni yo‘qligida. Hali vaqt bor, oldin aytganimdek, bir qancha pozisiyalarni kuchaytirish kerak. Yaqin vaqtlarda amalga oshadi, hujumlarni yakunlovchi o‘yinchilarni ko‘ramiz, albatta”, - deydi Aleksandr Andreevich.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 11:11, 05.02.2024.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик