Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Liga "Navbahor"ning qarzlaridan xavotirda

Liga "Navbahor"ning qarzlaridan xavotirda

Baho:
+ | -

"Navbahor" futbol klubi imzolangan shartnomaviy munosabatlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajara olmayotgani Assosiasiya hamda Liga xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Xususan, to‘liq bo‘lmagan axborot klub muxlislarining noto‘g‘ri xulosalar va talqinlariga olib kelayotgani sir emas. Shundan kelib chiqib, Liga mazkur masalaga oydinlik kiritishni lozim deb topdi. Zero, klub moliyaviy majburiyatlarni bajarishda oldinga siljish o‘rniga, yildan-yilga yanada murakkab vaziyatga tushib bormoqda, deyiladi liga xabarida.

O‘tgan yilning 18-dekabr sanasida O‘FA tegishli qo‘mitasi "Navbahor" klubiga qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq qo‘ygandi. Shunga qaramay, klub qator futbolchilar bilan shartnoma imzolashda davom etmoqda. Biroq mazkur shartnomalarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazish imkoniyati mavjud emas. Liga ro‘yxatidan o‘tayotgan futbolchilar elektron platforma orqali FIFA bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri integrasiyalashayotganidan kelib chiqib, mazkur masala jiddiy ahamiyat kasb etishini tushunish mumkin.

O‘FA qo‘mitasi shu yilning 17-yanvar kungi yig‘ilishda "Navbahor" klubiga qo‘yilgan taqiq davom etishini, qo‘shimchasiga, futbol klubi jarimaga tortilganini ma’lum qildi. Boisi, klubning shartnomaviy majburiyatlar masalasida muammolari yetarlicha. Jumladan, "Navbahor" farm jamoasi hamda futzal jamoasi sportchilari bilan hisob-kitob ishlari amalga oshirilmagan. Ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygan Superliga klublari esa mazkur masalani 10-yanvar sanasidayoq hal qilishga erishgandi.

Shuningdek, "Navbahor" murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy klubga nisbatan uchinchi bor ariza kiritdi. Unda murabbiy bilan uch mavsumdan buyon to‘liq hisob-kitob qilinmayotgani qayd etilgan. Mutaxassis huquqlarini himoya qilayotgan qonuniy vakil klub har safar va’da bilan cheklanib qolayotganidan kelib chiqib, bu safar transfer taqiqi qo‘yishni talab qilgan. Mazkur ishda talab qilinayotgan summa "Navbahor" futzal jamoasining to‘liq bir mavsumdagi harajatlaridan ko‘proqni tashkil qiladi.

"Navbahor" sharafini himoya qilgan Oston O‘runov hamda Abror Ismoilov masalasi ham ochiqligicha qolgan. Oston barcha masalani FIFA tegishli reglamentida belgilangani bo‘yicha amalga oshirdi. "Navbahor" O‘runov bilan joriy yilning 1-fevral sanasiga qadar hisob-kitob qilinishi yuzasidan rasmiy kafolat bergan bo‘lsa-da, mazkur kafolatga amalga qilinmadi.

Oleksandr Kasyan bilan mehnat shartnomasini imzolash oldidan "Navbahor" OKMK klubi bilan kelishuv imzolagan. Biroq kelishuv shartlari o‘z vaqtida amalga oshirilmaganidan kelib chiqib, "Navbahor" OKMK oldida qarzdorga aylangan. Mazkur masala hozirgacha hal etilmagan.

Yuqorida qayd etilgan ishlar faqatgina Ligaga ma’lum bo‘lganlari hisoblanadi. "Navbahor" qarzdorliklar to‘liq bartaraf etilgani masalasini Assosiasiya uchun isbotlamaganidan kelib chiqilsa, yangi-yangi qarzdorliklar chiqib kelishi katta ehtimol.

Liga "Navbahor" qayd etayotgan natijalarni alohida e’tirof etadi. Biz klub muxlislari va ularning klub muvaffaqiyatlaridagi alohida hissalarini qadrlaymiz. Ammo bu kabi masalalar professional futbol klubining ish tizimiga, FIFA, OFK, O‘FA talablariga mas’uliyatsizlarcha yondoshishga sabab bo‘lmasligi lozim, degan PFL matbuot xizmati.

Kiritildi: 14:50, 06.02.2024.
O'qildi: 1401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.