Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Osiyo kubogi-2023. Qatar dramatik o‘yinda Eronni mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi!

Osiyo kubogi-2023. Qatar dramatik o‘yinda Eronni mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi!

Baho:
+1 | -

Osiyo kubogining ikkinchi finalchisi nomi aniq bo‘ldi. Eron va Qatar terma jamoalari o‘rtasida kechgan o‘ta qiziqarli o‘yinda mezbonlar g‘alaba qozonib, finalga yo‘l olishdi.

Uchrashuvdagi hisobni 4-daqiqada Sardor Azmun ochdi. Shundan so‘ng maydon egalari o‘z o‘yinlarini kuchaytirgan holda dastlab 17-daqiqada hisobni tenglashtirishgan bo‘lsa, bo‘lim tugashiga 2 daqiqa qolganida Akrom Afif jomoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida referi VAR yordamida Qatar darvozasiga penalti belgiladi. Unda esa Alirizo Jahonbaxsh unumli foydalanib, yana muvozanatni tikladi.

Bahsning 82-daqiqasida esa Akrom Afifning uzatmasidan keyin Almoyez Ali yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limga 13 daqiqa qo‘shib berildi. Uning uchinchisi o‘tayotganida eronlik Shojoiy maydondan chetlatildi. Eron bir kishi kam bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, katta kuch bilan oldinga tashlandi. 90+14-daqiqada Kanonizodaning zarbasidan so‘ng to‘p ustunga tegib qaytgan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tib Qatar posboni Barsham superseyv namoyish etib, jamoasining g‘alabasini saqlab qoldi.

Shu tariqa, Qatar kketma-ket ikkinchi marta Osiyo kubogi finaliga chiqqan bo‘lsa, Erno bronza medali bilan cheklandi.

Osiyo kubogi, yarim final
Eron – Qatar 2:3 (1:2)
Gollar: 1:0 – 4 Azmun, 1:1 – 17 Jobir, 1:2 – 43 Afif, 2:2 – 51, penalti Jahonbaxsh, 2:3 – 82 Almoyez Ali.
Eron – Beyranvand, Rizoyan (Moganlu, 87), Xalilzoda, Kanonizoda, Hojisafiy (Muhammadiy, 46), Ibrohimiy (Muhibiy, 46), Izzatullohiy, Jahonbaxsh, G‘oddos, Tarimiy (Asadiy, 90), Azmun.
Qatar – Barsham, Ro-Ro (Salmon, 64), Lukas Mendes, Ali (Xuxiy, 68), Ahmad (Muhammad, 46), Abdulvahob, Jobiy (Xatem, 81), Fathiy, Abdurizoq (Al-Haydos, 63), Afif, Almoyez Ali.
Ogohlantirishlar: Torabiy (18), Hojisafiy (21), Ali (40), Fataxi (50).
Chetlatish: Shojaiy Xalilzoda (90+3).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:20, 07.02.2024.
O'qildi: 2852 marta.
Fikrlar: 110 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.