Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Nazorat bahsi. «Metallurg» Qozog‘iston klubi bilan durang o‘ynadi (videosharh)

Nazorat bahsi. «Metallurg» Qozog‘iston klubi bilan durang o‘ynadi (videosharh)

Baho:
+ | -

Kecha kunning ikkinchi yarmida “Metallurg” Belek yaqinidagi “Kalista” sport markazi maydonida Qozog‘istonning “Elimay” futbol klubiga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. Jamoalar ancha vaqt maydon markazini qo‘lga olish uchun pozision o‘yin namoyish etishdi. Raqibning himoya chizig‘idagi zaif nuqtani birinchi bo‘lib bekobodliklar ilg‘ashdi. To‘p nazoratini qo‘lga olgan Vesko Steshevich shogirdlari “Elimay” darvozasi yonida xavfli vaziyatlarni sodir eta boshlashdi. Shunday hujumlardan birida Hazrat Tursunqulov olis masofadan o‘z omadini sinab ko‘rishga jazm etdi. Zarba esa kutilganidanda a’lo darajada chiqdi! To‘p darvozaning yuqori burchagiga borib tushdi – 1:0.

Hisobda oldinga chiqib olgan bekobodliklar hujum tempini pasaytirishmadi. Semey shahri jamoasi yonida yana bir qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Ammo darvozani ishg‘ol etish futbolchilarimizga boshqa nasib etmadi. Qozog‘istonliklar esa tabiiyki mag‘lubiyatdan qutilish chorasini qidirishdi. Birinchi taymda ular bunga muvaffaq bo‘lishmadi. Ammo tanaffusdan keyin Andrey Karpovich shogirdlari bitta javob golini kiritish uddasidan chiqishdi. Bu uchrashuvning 71-daqiqasida sodir bo‘ldi. “Metallurg” posboni hamda yarim himoyachisining ehtiyotsizligi bois jarima maydoni yaqinida to‘pni egallab olgan semeyliklarning 21 yoshli hujumchisi Ivan Sviridov olis burchakni qiyinchiliksiz nishonga oldi – 1:1. Shundan keyin ham har ikkala jamoada qulay imkoniyatlar bo‘lsa-da, mazkur hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.

Endi “Metallurg” 10 fevral sanasida Premyer liganing boshqa bir jamoasi – “Jetisu”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

Nazorat uchrashuvi
“Elimay” – “Metallurg” – 1:1.
Gollar: Hazrat Tursunqulov (21), Ivan Sviridov (71).
“Metallurg”: Rahimjon Davronov, Abror Toshqo‘ziyev, Abbos Otaxonov, Zafar Rahimjonov, Mirg‘iyes Sulaymonov, Iskandar Shayqulov, Alisher Xayrullayev, Hazrat Tursunqulov, Ravshan Abdumannonov, Behruz Abdullayev, Shahzodbek Ubaydullayev.
“Elimay”: Denis Kavlinov, Berik Aytbayev, Sergey Keyler, Sultan Abilgazi, Dmitriy Shmidt, Nikita Korzun, Maykom Rodriges, Yerkebulan Nurgaliyev, Nursultan Sovetkazi, Roman Murtazayev, Ivan Sviridov.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:41, 08.02.2024.
O'qildi: 1314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик