Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Proligada 8 jamoa ishtirok etadi

Proligada 8 jamoa ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Bir necha daqiqa avval faoliyatini Proligada davom ettira olmaydigan jamoalar nomiga oydinlik kiritildi. Shu tariqa lisenziyalash talabini bajarishi mumkin bo‘lgan Proliga klublari 6 tani tashkil etishi ma’lum bo‘ldi: "Buxoro", "Qo‘qon-1912", "Mash’al", "Sho‘rtan", "Xorazm" va "Aral".

Assosiasiya va Liga o‘zaro kelishgan holda mazkur 6 jamoa qatoriga yana ikki jamoani shartli ravishda kiritdi: "Olimpik Mobiuz" hamda "Do‘stlik Toshkent".

2028 yil Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan "Olimpik farm" bundan buyon Mobiuz homiyligi hamda Assosiasiya kafolati ostida faoliyat olib boradi. "Do‘stlik Toshkent" esa so‘nggi ikki mavsumni Birinchi ligada o‘tkazgan bo‘lib, bir yil avval Birinchi liga klublari orasidan birinchilardan bo‘lib OFK lisenziyalash jarayonida ishtirok etgandi.

«Birinchi liga reglamenti»ning 9.3-bandiga ko‘ra, yakuniga yetgan mavsum natijasiga ko‘ra yuqori toifadagi Ligada qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan futbol jamoasida reglament yoki me’yoriy hujjatlar bilan bog‘liq cheklov yuzaga kelsa ("Yangiyer quruvchi"), uning o‘rni lisenziyalashning minimal talabiga javob bera oladigan boshqa jamoa bilan to‘ldirilishi belgilangan. Shundan kelib chiqib, Assosiasiya va Liga joriy mavsum "Do‘stlik Toshkent" klubini Proliga uchun shartli ravishda ro‘yxatdan o‘tkazishni lozim deb topdi. Mavsum yakuniga ko‘ra jamoa u yoki bu talabni belgilangan ko‘rinishda amalga oshira olmasa, 2024 yilni qaysi o‘rindan yakunlashidan qat’iy nazar Birinchi ligaga tushiriladi.

Proliga ishtirokchilari bilan kelishgan holda Liga musobaqani to‘rt davra hamda 28 turdan iborat formatda o‘tkazishga qaror qildi. Bunda jamoalar mavsum davomida o‘zaro to‘rt martadan to‘qnash keladi. Shu tariqa har bir jamoa mavsum davomida 28 ta uchrashuvda ishtirok etadi. Proliga klublari O‘zbekiston kubogi doirasida minimum 3 tadan uchrashuvda ishtirok etadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:51, 08.02.2024.
O'qildi: 3457 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик