Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

"Surxon"ga qarshi chora ko‘riladimi? Klubning Superligadagi ishtiroki masalasi ko‘rib chiqildi

"Surxon"ga qarshi chora ko‘riladimi? Klubning Superligadagi ishtiroki masalasi ko‘rib chiqildi

Baho:
+ | -

2023 yilning mayida OFK lisenziyalash talablarini bajara olgan klublar nomiga oydinlik kiritdi. O‘zbekiston bu borada 17 talik ko‘rsatkich bilan qit’ada yetakchi bo‘ldi. Superliga klublari orasidan faqatgina "Surxon" qarzdorlik masalasi mavjudligi oqibatida lisenziyaga ega chiqa olmadi.

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 10.2-bandiga ko‘ra, bunday holatda futbol klubi qaysi o‘rinni egallashidan qat’i nazar musobaqadan chetlatilishi lozim. Shuningdek, “Superliga va Proliga reglamenti”ning 10.4-bandiga ko‘ra, OFK lisenziyasini qo‘lga kirita olmagan futbol klubi transfer oynasida faqatgina mahalliy futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. O‘z-o‘zidan "Surxon" 2023-yilning yozgi transfer oynasida legioner futbolchilar bilan ishlay olmadi. Klubning Superligadagi o‘rni masalasi esa Assosiasiya hamda Liga ishtirokidagi yig‘ilishda ko‘rib chiqildi.

Klubda yuzaga kelgan qarzdorlik masalasi murakkab bo‘lib, u avvalgi rahbariyatning tartibsiz va noto‘g‘ri ishlashi oqibatida vujudga kelgan. Mazkur holat "Surxon" klubini xususiylashtirish masalasining ortga surilishiga hamda ta’kidlanganidek, yangi rahbariyat bilan ishlayotgan jamoaning lisenziyalashdan muvaffaqiyatli o‘tishiga to‘sqinlik qildi. Holat Surxondaryo viloyat hokimligi tomonidan to‘liq o‘rganib chiqilgach, tegishli choralar ko‘rildi (bu haqda keyinroq batafsil ma’lumot beriladi).

O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan hamkorlikda hozirga qadar qarzdorlik mavjud bo‘lgan 37 kishidan 24 nafari bilan hisob-kitob qilindi. Qolgan qarzdorlik bilan bog‘liq masala tegishli organlar nazoratida bo‘lib turibdi. Assosiasiya va Liga ishtirokidagi yig‘ilishda vaziyat tahlil qilib chiqildi. Bugunga kelib mazkur holatga olib kelgan sabablar aniqlangan bo‘lib, unga nisbatan tegishli chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda. "Surxon"ni 2022 hamda 2023 yilgi mavsumlar davomida moliyalashtirib kelgan yangi rahbariyat esa klub infratuzilmasini shakllantirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, ma’muriy boshqaruv faoliyatini rivojlantirish yo‘lida dadil qadam tashlay oldi. FIFA talablaridan kelib chiqib, Assosiasiya hamda Liga "Surxon" jamoasi bilan bog‘liq qarzdorliklar masalasi to‘la echilmaguniga qadar, Futbolchilar uyushmasi bilan hamkorlikda holatni kuzatib boradi. Biroq so‘nggi ikki yilda har taraflama rivojlanib borayotgan klubning ayrim shaxslar tomonidan ilgari yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabab Ligadan chetlatilish darajasida jazolanishini mantiqan to‘g‘ri deb hisoblamaydi.

Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda "Surxon" Ligaga rasmiy xat bilan chiqib, eski rahbariyat javobgar bo‘lgan qarzdorlik masalasi to‘la hal etilishi bugungi rahbariyat tomonidan nazorat qilib borilishiga kafolat berdi. Shundan kelib chiqib, Assosiasiya hamda Liga "Surxon" futbol klubi Superliga’dagi ishtirokini davom ettirishi hamda legioner futbolchilar bilan ishlashi mumkinligini maqsadga muvofiq deb topdi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 19:18, 09.02.2024.
O'qildi: 2065 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.