Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Abror Toshqo‘ziyev: “Sardorlikning yuki yengilmas...”

Abror Toshqo‘ziyev: “Sardorlikning yuki yengilmas...”

Baho:
+ | -

Turkiya yig‘inidagi nazorat uchrashuvlaridan ikkitasida “Metallurg”ni maydonga sardor sifatida Abror Toshqo‘ziyev boshlab tushdi. Bu esa bizning u bilan musohaba olib borishimizga turtki bo‘ldi.

— Abror sardorlik bog‘ichi muborak! Yangi vazifada o‘zingni maydonda qanday his etayapsan?
— To‘g‘risi, sardorlik bog‘ichida jamoadoshlarimni maydonga boshlab tushish xayolimga kelmagandi. Antaliyadagi birinchi nazorat uchrashuvi arafasida murabbiylarimiz uchrashuvga sardorlik bog‘ichida tushasan, deganida rosa hayajonlandim. Zero, sardorlikni yuki, mas’uliyati yengilmas. Maydonda jamoadoshlarga har tomonlama o‘rnak bo‘lish, ularni zarur paytda ortdan ergashtira olish lozim. Jamoamizda esa mendan ancha tajribali, yoshi katta o‘yinchilar bor. Shu sababli avvaliga o‘zimga kelolmadim. Ikkinchi o‘yindan e’tiboran esa biroz ko‘nikdim. O‘tgan mavsumdagi sardorlarimizdan Zabixillo O‘rinboyev ayni paytda davolanish kursini o‘tayapti. Yana bir sardorimiz Akmal aka Ortiqov maydonga tushmagan bahslarda murabbiylar shtabimiz meni nazorat uchrashuvlari bo‘lganligi bois bu vazifada sinab ko‘rishga qaror qilishgan shekilli.

— Antaliyadagi uchta nazorat uchrashuvining birinchisida mag‘lubiyatga uchradik. Keyingi ikkitasida esa g‘alaba qozona turib, yakunda durangga imzo chekdik...
— Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida o‘yin amaliyotida muammolar bo‘lishi tabiiy. Buning ustida jamoamiz tarkibida o‘zgarishlar sezilarli darajada katta bo‘ldi. O‘tgan yilgi asosiy tarkibning bir qator o‘yinchilari bilan xayrlashdik. Ularning o‘rniga yangi o‘yinchilar safimizga kelib qo‘shildi. O‘yinimizni shakllantirib olishimiz uchun vaqt kerak. Nasib bo‘lsa, chempionatning birinchi turiga qadar hammasi o‘z iziga tushib ketadi, deb o‘ylayman.

— Bu yilgi yig‘inda yoshlar ham anchagina...
— Bu bejiz emas. O‘tgan mavsum akademiyamiz tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan 19 yoshli o‘smirlarimiz O‘zbekiston chempionatida g‘olib chiqishdi. Shu boisdan ham klub rahbariyati Turkiya yig‘iniga yoshlar jamoasining bir qator umidli o‘yinchilarini jalb etgan. Asosiy tarkib a’zolari bilan shug‘ullanish yoshlarimizga mahorati oshirish borasida juda asqotadi.

— Bu yilgi mavsumdan nimalarni kutayapsan?
— Birinchi yig‘in paytida klub rahbariyati murabbiylar shtabi hamda o‘yinchilar bilan uchrashib, yig‘ilish o‘tkazdi va jamoa oldiga aniq vazifalar qo‘yildi. Xususan, jamoamiz yetakchilar safidan joy olishi va keyingi yillarda sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan kuchli jamoaga aylanishi kerak. Mavsumni muvaffaqiyatli boshlab olsak, yigitlarda o‘z kuchlariga ishonch oshsa, bajarib bo‘lmaydigan vazifaning o‘zi yo‘q. Klub rahbariyatining ishonchini oqlashga kuchimiz va salohiyatimiz yetadi, deb o‘ylayman.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:32, 10.02.2024.
O'qildi: 865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.