Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Samardjich ketadimi?

Samardjich ketadimi?

Baho:
+ | -

"Udineze" sport direktori Federiko Baldzaretti Lazar Samardjichning ketishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga izoh berdi.

Yanvar oyida Italiya OAVlari serbiyalik futbolchining "Yuventus"ga o‘tishi muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida xabar bergan edi. Endilikda "keksa sinyora" tomonidan qiziqish haqidagi ma’lumotni "Udineze" ham tasdiqladi: "Yuventus" Samardjichga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Angliya Premyer-ligasi va Germaniya Bundesligasi klublari unga da’vogarlik qilmoqda", - dedi Baldzaretti Tuttosport nashriga bergan intervyusida.

Transfermarkt ekspertlarining fikricha, Lazar Samardjichning narxi 20 million yevroni tashkil qiladi. 21 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada “Udineze” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:10, 10.02.2024.
O'qildi: 866 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик