Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Osiyo kubogi-2023, FINAL. Qatar Afifning penaltidan kiritgan uchta goli evaziga chempionga aylandi!

Osiyo kubogi-2023, FINAL. Qatar Afifning penaltidan kiritgan uchta goli evaziga chempionga aylandi!

Baho:
+ | -

Qatar mezbonligida o‘tgan Osiyo Kubogi nihoyasiga yetdi. Musobaqa finalida mezbon Qatar Iordaniyaga qarshi "Lusail Iconic Stadium"da maydonga chiqib, 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Birinchi bo‘limning 22-daqiqasida Akrom Afif jarima maydoniga kirib borayotganda chalib yiqitildi. 11 metrlik jarima zarbasini esa jabrlanuvchining o‘zi gol bilan yakunlab hisobni ochdi. Taym yakuniga qadar Iordaniya deyarli raqib darvozasi oldida xavfli hujum tashkil qila olmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa o‘z-o‘zidan hisobda ortda qolayotgan iordaniyaliklar faollikni oshirdi. Hujumlarning birida 67-daqiqada o‘ng qanotdan to‘p jarima maydoniga yetkazib berildi, Yazan Al-Naymat uni ajoyib tarzda to‘xtatib olib, darvozaning yuqori to‘qqizligiga joylab qo‘ydi. Shu tariqa o‘yinda hisob tenglashdi - 1:1. Goldan so‘ng darhol yana mezbonlar oldinga o‘tishdi va yana penalti ishlab olishdi. Bu safar ham Afif undan unumli foydalanib hisobni Qatar foydasiga oshirdi. Uchrashuv bosh hakami Ma Ning ikkinchi bo‘limga 13 daqiqa vaqt qo‘shib berdi. Aynan qo‘shib berilgan daqiqalarning 3-sida Afif darvozabon bilan bir-bir vaziyatga chiqib borayotganda kiper uni to‘xtatib qoldi, xitoylik referi esa VAR yordamida uchinichi penaltini belgiladi. Afif yana to‘p oldiga yaqinlashdi va darvozabonni aldab o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi - 3:1.

Ushbu bahsda xet-trik qayd etgan Afif 8 ta gol bilan turnir to‘purari bo‘ldi. Ikkinchi o‘rindagi Iroq hujumchisi Ayman Hussayn hisobida 6 ta gol bor.

Osiyo kubogi-2023, FINAL

Iordaniya – Qatar 1:3
10 fevral, 20.00, «Lusail Iconic Stadium»
Gollar: 0:1 – 22, penalti Afif, 1:1 – 67 Al-Naymat, 1:2 – 73, penalti Afif, 1:3 – 90, penalti Afif.
Iordaniya – Abu-Layla, Haddad, Al-Adjalin, Abu-Arab, Nasib, Al-Mardi (Rateb, 80), Al-Ravabde, Al-Rashdan, Al-Tamari, Olvan (Hammad, 90), Al-Naymat.
Qatar – Barsham, Salmon, Lukas Mendes, Ali (Huhi, 81), Abdulvahob, Gaber (Assadulla, 53), Fataxi, Afif, Abdurazzoq (Muhammad, 63), Al-Haydos (Hatem, 53), Ali Almoyez.
Ogohlantirishlar: Olvan (18), Al-Adjalin (45), Al-Naymat (86), Abu-Layla (90) Barsham (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:14, 10.02.2024.
O'qildi: 3435 marta.
Fikrlar: 186 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик