Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman: "Andijon" makedoniyalik hujumkor yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Rasman: "Andijon" makedoniyalik hujumkor yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

“Andijon” klubi yangi mavsum uchun tayyorgarligi jarayonida seleksiyada ham rejalashtirilgan ishlarni olib bormoqda. Nihoyat, muxlislarni qiziqtirgan yangiliklarga ham yetib kelmoqdamiz. Andijonliklar safi bir qator yangi futbolchilar bilan to‘ldirilmoqda.

Jumladan, Antaliyadagi yig‘inda “Andijon” tarkibiga qo‘shilgan makedoniyalik Demir Imeri bilan shartnoma imzolandi va endilikda ushbu o‘yinchi rasman jamoa a’zosiga aylandi.

Demir Imeri. 1995 yilning 27 oktyabr sanasida Makedoniyaning Kisevo shahrida tavallud topgan. Hujumkor yarim himoyachi va qanotda ham to‘p suradi.

Futbolchi faoliyati davomida “Rabotnichki” (Makedoniya), “Shkendiya” (Makedoniya), “Xorizont” (Makedoniya), “Renova” (Makedoniya), “Kamza” (Albaniya), “Kemi Kings” (Finlyandiya), “Mosta” (Malta), “Olimpik Donesk” (Ukraina),”Vlajniya” (Albaniya), “Egnatiya” (Albaniya) hamda “Atirau” (Qozog‘iston) klublarida to‘p surgan.

Kiritildi: 18:40, 11.02.2024.
O'qildi: 2043 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик