“Arsenal” hujumchisi Bukayo Saka jamoaning barcha musobaqalarda 50 ta gol urgan eng yosh futbolchisiga aylandi.
Hozirda Saka 22 yoshu 5 oylik. Ayni damda Angliya premyer-ligasining 24-turidan o‘rin olgan “Vest Xem” – “Arsenal” uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni damda Mikel Arteta shogirdlari derbida raqiblarini 4:0 hisobida mag‘lub etishmoqda. Gol mualliflaridan biri Saka bo‘ldi, u uchun bu gol uning yuqori faoliyatidagi 50-golidir.
Buning uchun unga 210 o‘yin kerak bo‘ldi.