Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Nodirbek Abdusattorov Germaniyadagi turnirning pley-off bosqichini g‘alaba bilan boshladi

Nodirbek Abdusattorov Germaniyadagi turnirning pley-off bosqichini g‘alaba bilan boshladi

Baho:
+1 | -

Germaniyada Fisher nomidagi Freestyle Chess G.O.A.T Challenge shaxmat turnirida davraviy tizim yakuniga yetib, kecha pley-off bosqichiga start berildi.

Shaxmatchilar saralash bosqichida rapid tizimida o‘zaro bir martadan o‘ynab chiqishgan bo‘lsa, pley-off klassik formatda o‘tkazilmoqda.

Nodirbek Abdusattorov chorak finalda amaldagi shaxmat toji sohibi xitoylik Ding Lirenga qarshi oq donalarda o‘ynadi. Uch soatdan ko‘proq davom etgan o‘yinda Liren 37-yurishga kelib mag‘lubiyatini tan oldi. Xitoylik sportchi o‘yin boshida bir piyodani berib qo‘ydi. Hamyurtimiz mazkur kichik ustunlikni mahorat bilan g‘alabaga aylantirdi.

Bugun shaxmatchilar ikkinchi partiyani o‘ynashadi. Nodirbek bu safar qora donalarda o‘ynaydi. Vatandoshimiz durang o‘ynasa ham yarim finalga chiqadi. Yarim finalda bu juftlik g‘olibiga Alirizo Feruja (Fransiya) - Magnus Karlsen (Norvegiya) juftligi g‘olibi ro‘baro‘ keladi.

Bugungi uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.

Chorak finalning birinchi o‘yinida qayd etilgan natijalar:

Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) - Ding Liren (Xitoy) - 1:0
Vinsent Keymer (Germaniya) - Levon Aronian (AQSH) - 0,5:0,5
Fabiano Karuana (AQSH) - Domaradju Gukesh (Hindiston) - 1:0
Alirizo Feruja (Fransiya) - Magnus Karlsen (Norvegiya) - 1:0

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:50, 12.02.2024.
O'qildi: 2065 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.