Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Messiga Parij Olimpiadasida ishtirok etish taklif qilindi

Messiga Parij Olimpiadasida ishtirok etish taklif qilindi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi Braziliyani mag‘lub etdi (1:0) va futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi. Argentina terma jamoasi sardori Tyago Almada yulduz Lionel Messining Parijdagi turnirda ishtirok etishini istaydi.

“Bizda tayyorlanish uchun vaqt bor. Umid qilamanki, Messida biz uchun o‘ynash istagi bor. Bu orzu bo‘lardi. Agar Messi rozi bo‘lsa, men unga sardorlik bog‘ichini beraman. Hozir u qaror qilishi kerak”, - deydi Almada DSports nashriga.

Futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida 2001 yil 1 yanvardan keyin tug‘ilgan futbolchilardan iborat jamoalar ishtirok etadi. Bundan tashqari, har bir jamoa o‘z qaydnomasiga uchta yoshi kattaroq futbolchini kiritishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Leo Messi bilan 2008 yilgi futbol bo‘yicha Olimpiadada g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 18:18, 12.02.2024.
O'qildi: 2299 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик