Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

De Bryuyne Burundi bilan bog‘liq...

De Bryuyne Burundi bilan bog‘liq...

Baho:
+ | -

Parallel dunyodan syujet. Anglash oson bo‘lmagan fakt:

«Manchester Siti» klubi va Belgiya milliy jamoasi yulduzi Kevin de Bryuyne hozir Burundi termasi uchun o‘ynashi mumkin edi. Qanaqasiga? Axir Kevin sap-sariq yigit...

Hammasi oddiy: de Bryuynening onasi Burundidan. Kevin Gent shahri kurort hududida joylashgan Drongen rayonida tug‘ilgan. Onasi Ann Kallan esa Yevropaga yo‘l olishiga qadar Burundida ulg‘aygan. Uning oilasi fuqarolar urushidan qochib, avvaliga Angdiyadan qo‘nim topadi. Kallan keyinchalik Belgiyaga ko‘chib o‘tadi va u yerda Ervig de Bryuyne bilan tanishadi. Ayt­gancha, Ann Kallanning otasi, ya’ni Kevinning bobosi haligacha Londonning g‘arbiy qismida istiqomat qiladi. Aslida Kevinning o‘zi ommaga hech qachon o‘tmishi va ajdodlari haqida gapirmagan. Ammo «Manchester Siti» rasmiy saytida futbolchining Burundiga aloqadorligi haqida ma’lumot bor.

Tushunarliki, KDB (Kevin de Bryuyne) xalqaro darajada Burundi sharafini himoya qilish variantini ko‘rib ham chiqmagan. Har holda, u bolaligidan Belgiyada chin iste’dod hisoblanardi. Mallasochda hammasi birdaniga yurishmagani esa boshqa masala. Aytishlaricha, de Bryuyne 13 yoshda bo‘lgan vaqt uning qaysar tabiati hattoki, murabbiylarini ham tashvishga sol­gan ekan. Chunki iqtidori bilan yaqqol ajralib turadigan bolakay hech kimga quloq solmasdi, ko‘pincha o‘z bilganicha ish tutardi. Ehtimolki, Gentdan erta chiqib ketishiga ham shu qaysarligi sabab bo‘lgandir. Yigitchani o‘sha vaqt «Bryugge» va «Anderlext» kabi grand klublar o‘z dargohiga chaqiradi, ammo u kamtarin «Genk»ni tanlaydi - eng olis variant. Shu tariqa uyidan ketgan yosh Kevin maxsus maktab-internatiga joylashadi. Bunda qo‘shnilaridan ayro yashaydi va yolg‘izlikdan azob chekadi. Maktab tahsili tugaganidan keyin esa, «Genk» klubi bilan yaqindan hamkorlik qiladigan oila xonadonidan qo‘nim topadi. Biroq ta’til uchun o‘z uyiga kelgan Kevin ota-onasidan yomon xabar eshitadi: «Yo‘q, endi o‘sha xonadonga qaytib borolmaysan. Chunki oila a’zolari sen bilan ortiq birga yashashni xohlamas ekanlar». Xullas, bolakay hayotida ilk marta ikkiyuzlamachilikka duch keladi. Ya’ni ayrimlar nazdida nafrat qo‘zg‘atuvchi, tarbiyasi o‘ta og‘ir o‘smir ekanligini biladi. Ke­yinchalik Ervig de Bryuyne va Ann Kallan o‘g‘illariga vaqtincha yashash uchun yangi oila topadilar. E’tiborlisi, bo‘lajak futbolchi xarakter bo‘yicha yangi xonadon vakillariga to‘liq mos keladi. Ammo tezda boshqa muammolar boshlanadi: de Bryuyne juda tez o‘sadi, mushaklari erta bo‘rtib chiqadi. Oqibatda aynan mushakka bog‘liq kichik jarohatlar tufayli tez-tez safdan chiqadi. Shuni inobatga olgan klublar esa iqtidori baland yarim himoya­chiga professional shartnoma taklif etish masalasida ikkilanadi. Muhimi, yigitcha maydonga qaytganidan so‘ng bir bo‘limning o‘zida 5ta gol urib, e’tiborni yana o‘ziga jalb qiladi. Shu tariqa KDB ko‘p o‘tmay, «Genk»ning asosiy jamoasiga yorib kiradi.

Burundi termasi haqida nimalarni bilamiz? AFK (Afrika futbol konfederasiyasi) tarkibiga kiruvchi bu jamoa ayni payt FIFA reytingining 139-qatorida bormoqda. Burundiliklar eng yuqori natijani 1993 yili qayd etishgan - 96-o‘rin. Tabiiyki, Burundi milliy jamoasi jahon chempionati final raundiga hech qachon yaqinlashmagan ham. Afrika Millatlar kubogida ham yaqindagina debyut qildi: 2019 yili. Ugandaliklar saralashning hal qiluvchi o‘yinida Gabon termasidan ochko tortib olish evaziga tarixda birinchi marta final raundida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi. Lekin turnir guruh bosqichi doirasidagi 3ta o‘yinda ham mag‘lublikni tan olishdi, boz ustiga, loaqal 1ta gol ura olishmadi. Burundi milliy jamoasi ayni kunlar Kot-d~Ivuarda davom etayotgan qit’a chempionatiga esa chiqolmadi.

Burundi termasi tarkibidagi deyarli barcha futbolchilar Afrika milliy ligalarida o‘ynashadi. Jamoaning asosiy yulduzi - bu «Nissa»da to‘p surayotgan 25 yoshli yarim himoya­chi Yusuf Ndayshimi. Hozirda uning transferi 18 million yevroga baholanmoqda. Aytgancha, vaqtida hattoki, Garri Keyndan ham iqtidorliroq sanalgan hujumchi Saido Beraino aynan Burundi milliy jamoa­-si sharafini himoya qilgan. Aniqrog‘i, chamasi 20ta o‘yinda ishtirok etgan. Agar Kevin ham boshlanish chizig‘ida onasining vatani uchun o‘ynashga qaror qilganida, ehtimol, burundiliklar Afrika kubogiga tez-tez chiqisharmidi? Har holda, Beraino - de Bryuyne juftligi duch kelgan raqibga jiddiy xavf solardi. Lekin taqdir hukmi boshqacha bo‘ldi...

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:31, 12.02.2024.
O'qildi: 1773 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.