"Inter Mayami" "Argentinos Xuniors" yarim himoyachisi Federiko Redondoni sotib olishga rozi bo‘ldi.
Nikolo Skira xabariga ko‘ra, Amerika klubi 21 yoshli argentinalik uchun 7,5 million yevro to‘laydi va u bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.
Federiko Redondo Argentina va "Real Madrid"ning sobiq yarim himoyachisi Fernando Redondoning o‘g‘li.