Avvalroq Proligada 8 ta klub ishtirok etishi va ular 4 davrali tizimda o‘zaro kurash olib borishi aytilgandi.
Bugun Proliga yangi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jamoalar o‘zlarining ilk turdagi raqiblarini bilib olishdi. Musobaqa esa 12 mart kuni start oladi.
Proliga, 1-tur juftliklari
"Mash’al" - "Qo‘qon-1912"
"Aral" - "Do‘stlik Toshkent"
"Olimpik MobiUz" - "Xorazm"
"Sho‘rtan" - "Buxoro"