Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ro‘ziqul Berdiyev: «Raqibning kuchi va futbolchilarimizning hozirgi holatidan kelib chiqib tarkib va taktika tanladik» (video)

Ro‘ziqul Berdiyev: «Raqibning kuchi va futbolchilarimizning hozirgi holatidan kelib chiqib tarkib va taktika tanladik» (video)

Baho:
+ | -

«Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Osiyo chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Al-Ayn»ga qarshi o‘yindan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Raqib jiddiy edi. Uning hujumda qanday harakat qilishini o‘zingiz ham ko‘rdingiz. Shuni bilgan holda bugun ehtiyotkor bo‘lib, himoyaga e’tibor qaratib o‘ynadik. Agar raqibga bosim o‘tkazish maqsadida ko‘p harakat qilganimizda ertaroq charchab qolardik. Shuning uchun ehtiyot bo‘lgan holda raqibning kuchli hujumchilariga qarshilik ko‘rsatishga urindik. Natija biz kutgandek bo‘lmadi, ammo bu mavsumdagi ilk rasmiy o‘yini ekanini inobatga olsak, jamoamizning ayni paytda qanday tayyorgarlikka ega ekanini bilib oldik.

Bugungi o‘yinda futbolchilar turli holatda kelgani ham natijaga ta’sir ko‘rsatdi. Barcha futbolchilar birgalikda kam mashg‘ulot o‘tkazdik. Jarohatdan forig‘ bo‘lgan o‘yinchilar hali yaxshi formaga kirishga ulgurmadi.

— Sharof Muhitdinovning almashtirilishi majburiy bo‘ldimi?
— Yo‘q, bu majburiy emas, taktik almashtirish edi. Hujumkorlikni oshirish maqsadida, Nasrullayev kam mashg‘ulot o‘tkazgan bo‘lsa-da, uni maydonga tushirishga qaror qildim. Sherzod ko‘p mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgani bugungi o‘yinda sezildi.

— O‘yinning qaysi pallasida futbolchilar charchab qolganini sezdingiz?
— Futbolchilarning qanday tayyorgarlikka ekanini bilamiz. Qaysi o‘yinchi mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etayotgani, qaysi futbolchi mashg‘ulotda ishtirok etmayotganidan xabarimiz bor. Shuning uchun har bir futbolchining jismoniy tayyorgarligiga e’tibor qaratyotgandik. Shundan kelib chiqib charchagan futbolchilarni zaxiraga oldik. Raqibning kuchi va futbolchilarimizning hozirgi holatidan kelib chiqib ushbu tarkib va taktikani tanladik. Eng oxirgi vaziyatni inobatga olmasa, yigitlar konsentrasiyani yo‘qotmagan holda o‘ynashayotgandi. Ha, hujumda muammolarimiz ko‘rindi. Temur va Oybek Bobur Abduxoliqov bilan birga bir haftadan davomida shug‘ullanishdi. Bir haftada hammasi yaxshi bo‘lib ketmaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:34, 15.02.2024.
O'qildi: 2189 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.