Shu yilning yanvar oyida Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Bu yanvar oyida "Real" bilan Ispaniya Superkubogi bahsida (3:5) sodir bo‘lgandi.
Bu gol fransiyalik futbolchi uchun “Atletiko” safidagi 174-gol bo‘ldi. Grizmann rekordi bilan 1974 yildan beri saqlanib qolgan Luis Aragonesni ortda qoldirdi.
Grizmanning jamoadoshi Memfis Depay ushbu voqea sharafiga Grizmanga 7-raqamli oltin uzuk sovg‘a qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda sovg‘a taqdimoti aks etgan video paydo bo‘ldi.