Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Barella "Manchester Siti"ga o‘tishni rad etdi

Barella "Manchester Siti"ga o‘tishni rad etdi

Baho:
+ | -

"Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barella qishda "Manchester Siti"ga o‘tish taklifini rad etdi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yanvar oyining so‘nggi haftasida “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola italiyalik futbolchi haqida surishtiruv o‘tkazgan, biroq Barella darhol uning Angliyaga ko‘chib o‘tishga qiziqmasligini ma’lum qilgan. Biroz vaqt o‘tgach, 27 yoshli yarim himoyachi "Inter" rahbariyatini amaldagi shartnomani uzaytirishga tayyorligi haqida ma’lum qildi.

Joriy mavsumda Barella “Inter” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Italiya terma jamoasi futbolchisini 75 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:15, 16.02.2024.
O'qildi: 987 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик