Dzyudo bo‘yicha Boku «katta dubulg‘a» musobaqasining birinchi kunida final bloki boshlandi.
Dastlab -48 kg vazn toifasida o‘tkazilgan bronza medali uchun bahsda hamyurtimiz Halima Qurbonova ispaniyalik Mireya Kamosga qarshi bahs olib borib, chiroyli g‘alabaga erishdi.
Ushbu natija evaziga yurtdoshimiz o‘z hisobiga jahon va Parij-2024 Olimpiadasi uchun 500 reyting ochkosini ham qo‘shib qo‘ymoqda.