Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

La Liga. "Jirona" ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

La Liga. "Jirona" ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Baho:
+-1 | -

"Atletik" Ispaniya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan bahsda "Jirona"ni mag‘lub etdi - 3:2. Uchrashuv Bilbaodagi "San Mames" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 2-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Alexandro Berenger hisobni ochdi. Uning goli birinchi bo‘limdagi yagona gol bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida ukrainalik yarim himoyachi Viktor Sigankov hisobni tenglashtirdi. Biroq, deyarli darhol Berenger dubl qayd etdi, Inyaki Uilyams esa mezbonlarning ustunligini oshirdi. 75-daqiqada mehmonlar himoyachisi Erik Garsiya oradagi farqni qisqartirdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi.

"Atletik" hisobida 49 ochko bor va La Liga turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. “Jirona” qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va peshqadam “Real Madrid”dan 6 ochko ortda qolgan holda 2-o‘rinda bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:15, 20.02.2024.
O'qildi: 2110 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик