Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona - Venetsiya
05/10 00:00 Leganes - Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

APLda yilning eng yaxshisi bo‘lish uchun kurash avjida

APLda yilning eng yaxshisi bo‘lish uchun kurash avjida

Baho:
+ | -

Premyer-liganing 2023/24 yilgi mavsumi endi o‘z finaliga yaqinlashmoqda va "Manchester Siti" uchun ishlar og‘irlashgan bo‘lsa-da, Erling Xolandning gollari unga yordam berishi mumkin.

Yurgen Klopp qo‘l ostida "Liverpul" chempionatda peshqadamlik qilmoqda, "Arsenal" to‘g‘ri yo‘lda, Unai Emeri boshchiligidagi "Aston Villa" "Tottenxem" bilan kurashmoqchi.

Ko‘ramiz, bu mavsumda Premyer-liganing eng yaxshi futbolchisi nomi uchun Erling Xoland bilan kim raqobatlasha olarkin?

Son Xyon Min ("Tottenxem")

Bu mavsumda Son jiddiy bosim ostida qoldi, Xarri Keyn «Bavariya»ga ketganidan so‘ng, koreyalik futbolchi jamoa yetakchisiga aylandi.

31 yoshli futbolchi bu mavsumda odatdagidek chap qanotda va markaziy hujumchi o‘rnini almashtirib, zaxirada yetarlicha kuchga ega ekanligini ko‘rsatdi.

Son 12 ta gol urdi, shu jumladan, derbida "Arsenal"ga, shuningdek, "Liverpul"ga qarshi o‘z uyida gol urdi.

"Shporlar" Son Osiyo Kubogi uchun ketganida bir oy sardorisiz yashashga majbur bo‘ldi, biroq u "Brayton"ga qarshi o‘yinda muhim golli uzatmani amalga oshirdi. Hozir klub Premyer-liganing kuchli 4-o‘rnida.

Bukayo Saka ("Arsenal")

"Kanonirlar" bu mavsumda yaxshi sur’at ko‘rsatishdi va Saka yana bir bor o‘zini jamoasi hujumining hal qiluvchi qismi ekanligini isbotladi. 22 yoshli futbolchi har qanday burchakdan gol ura oladi va kreativlik unga har qanday himoyani ochish imkonini beradi, shu sababli u joriy mavsumda 19 ta gol urdi.

"Arsenal" unga tayanib qoldi. Saka top futbolchining mentalitetiga ega va "Emireyts" stadionida muvaffaqiyatga erishish uchun hech narsadan to‘xtamaydi.

Olli Uotkins ("Aston Villa")

Uotkins 2020 yilda klubga kelganidan beri "Aston Villa"ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib qolmoqda.

28 yoshli futbolchi joriy mavsumda jamoadoshlari safida 13 ta gol urdi va yana 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Aston Villa" hozirda Uotkinsning tirishqoqligi evaziga Premyer-ligada to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Agar "Villa"ning tumori gol urishda davom etsa, uning jamoasi keyingi mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynaydi.

Muhammad Saloh (“Liverpul”)

Saloh uzoq vaqtdan beri "Liverpul" afsonasi sifatida tan olingan.

Endilikda klub mumkin bo‘lgan 75 ochkodan 57 ochko jamg‘arib, Premyer-ligada g‘alabaga asosiy da’vogarga aylandi, Saloh esa muvaffaqiyatga hissa qo‘shib, 15 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi.

"Enfild"da o‘zgacha bir narsa yuz berayotgandek his bor: Klopp "Liverpul"dagi vaqtini g‘alaba bilan yakunlamoqchi, Saloh esa sevimli murabbiyi chiroyli tarzda ketishi uchun qo‘lidan kelganini qiladi.

Deklan Rays ("Arsenal")

Raysning "Arsenal"ga 105 million funt sterlingga transferi klub rekordi edi.

Rays avgust oyida "Manchester Yunayted" bilan o‘yin so‘nggida urgan hal qiluvchi gol bilan muxlislarni o‘ziga mahliyo qilgan va bu futbolchi uchun mavsumning muvaffaqiyatli boshlanishiga aylangandi.

25 yoshli Rays to‘pni qaytarish va ushlab olish borasida hech kimdan kam emas va yaqinda “Arsenal”ning doimiy burchak to‘purariga aylandi.

2003/04 yilgi mavsumdan beri birinchi Premyer-liga tojini qo‘lga kiritish endi Raysga ham bog‘liq.

Kiritildi: 16:51, 20.02.2024.
O'qildi: 1142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.