Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Xokkey. «Humo» pley-offning ilk o‘yinini over-taymlarda boy berdi (videosharh)

Xokkey. «Humo» pley-offning ilk o‘yinini over-taymlarda boy berdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Qozog‘istonning Professional xokkey Ligasida ishtirok etayotgan «Humo» xokkey klubi kecha pley-off bosqichida o‘z ishtirokini boshladi. Jamoamiz muntazam chempionatda ikkinchi o‘rinni olgani uchun pley-off 7-o‘rinni band etgan Qozog‘istonning "Sariarqa" klubiga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘lgandi.

Kecha o‘tkazilgan dastlabki o‘yinda "Humo", kutilmaganda, katta muammolarga duch keldi. Mehmonlar o‘yin boshidan hujumga tashlanishdi va 2 ta gol urib olishdi. Toshkentliklar esa tezda javob qaytarib, muvozanatni tiklashdi.

Ammo "Sariarqa" ikkinchi bo‘lim oxiriga qadar yana gol urgan bo‘lsa, ular uchinchi bo‘lim boshida beshinchi shaybani darvozamizga joylab qo‘ydi — 2:5.

"Humo" shunga qaramay, 5 daqiqa ichida 3 ta gol urib, hisobni tenglashtirdi.

Shundan so‘ng navbat qo‘shimcha bo‘limlarga berildi. To‘rtinchi 20 daqiqalikda hisob o‘zgarmagan bo‘lsa, beshinchi bo‘limning 4-daqiqasida Qarag‘andadan tashrif buyurgan jamoa g‘alabani ilib ketishdi.

Shu tariqa, «Sariarqa» hisobda oldinga o‘tib oldi. Bir jamoa 4 ta g‘alaba qozonguncha seriya davom etadi. Bugun jamoalar ikkinchi bahsni o‘tkazishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 19:30da start oladi.

Xokkey, Proliga. pley-off, 1-o‘yin
«Humo» (Toshkent, O‘zbekiston) - «Sariarqa» (Qarag‘anda, Qozog‘iston) - 5:6 OT (1:2, 1:2, 3:1, 0:0, 0:1)
Gollar:
0:1 — Gleb Zaysev (Lizin) 05:11
0:2 — Timur Shingareev (Stulov) 17:43 - bol.
1:2 — Vadim Shchegolkov (Sorokin, Chebotaryov) 18:44
2:2 — Pavel Sinyavskiy (Nazarevich, Glovaskiy) 21:03 - bol.
2:3 — Ruslan Dyomin (Zaysev) 26:37 - men.
2:4 — Ruslan Dyomin 30:48
2:5 — Aleksandr Konnov 43:17 - bol.
3:5 — Ilya Nazarevich (Kravchenko, Glovaskiy) 50:58 - bol.
4:5 — Vadim Shchegolkov 51:36
5:5 — Pavel Sinyavskiy (Sorokin) 56:16
5:6 — Gleb Zaysev (Lizin, Konnov) 83:54
Darvozabonlar: Shaymardanov - Mikushin (Koval 37:46).
Jarima daqiqalar: 16-12.
Hakamlar: Morev, Subbotin.
20.02.2024. Toshkent, «Xumo Arena», 3875 tomoshabin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:21, 21.02.2024.
O'qildi: 1476 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик