"Betis" prezidenti Anxel Aro kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan yarim himoyachi Gido Rodriges bilan shartnoma borasidagi vaziyat haqida gapirdi.
“Bizning Gido Rodrigesga yangi shartnoma bo‘yicha takliflarimiz tugadi. Agar u qolishni istasa, muzokaralarni o‘zi boshlashi kerak, ammo unchalik qulay bo‘lmagan shartlar bilan", - deya Aro so‘zlarini keltiradi italiyalik jurnalist Fabrisio Romano.
Ilgari Rodriges "Barselona"ning short-listida edi. "Ko‘k-anorranglilar" 29 yoshli jahon chempionini kelasi yozda erkin agent sifatida taklif qilishlari mumkin.