Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Bektemir Abdumannonov: «O‘z o‘yinlarimiz bilan muxlislarni xursand qilishimizga ishonaman»

Bektemir Abdumannonov: «O‘z o‘yinlarimiz bilan muxlislarni xursand qilishimizga ishonaman»

Baho:
+ | -

Qishki seleksiya jarayonida «Andijon»ga bir qator yangi ijrochilar taklif qilinganidan xabaringiz bor. Jumladan, kelishuvga erishilgan futbolchilar orasida ajoyib yarim himoyachi Bektemir Abdumannonovni ham tilga olish lozim. 2002 yilda tavallud topgan futbolchi bor e’tiborini «Burgutlar»ga qaratgan. U Antaliyadagi yig‘inda jamoa bilan shartnoma imzoladi. Endilikda esa futbolchi «Andijon» matbuot xizmati uchun dastlabki intervyusini berdi.

— Bektemir, «Andijon» klubiga xush kelibsiz! Avvalo, klubga o‘tishingiz qanday yuz berdi? Kutganmidingiz yoki…Dastlab shu haqida to‘xtalib o‘tsangiz.
— Assalomu alaykum! «Andijon» klubidan taklif tushishini rostdan bilmagandim. Boshqa jamoalardan ham takliflar bo‘ldi. Lekin men «Andijon» jamoasini tanladim. Bu yerda jamoaviy o‘yin rivojlangani uchun ham shunga ko‘proq e’tibor berdim. Qisqasi, taklif menga yoqdi.

— Jamoaga yanvar oyida qo‘shildingiz. Moslashuv jarayoni qanday o‘tdi va o‘zingizni qanday his qilmoqdasiz?
— Jamoa bilan dastlab Tojikistonda, keyin Turkiyada yig‘in o‘tkazdik. Bu yerda aksariyat o‘yinchilar tanish. Akalarim, og‘aynilarim…Shuning uchun moslashib ketishda muammo bo‘lgani yo‘q.

— Qachondir faoliyatingizni «Andijon»da davom ettirish haqida o‘ylaganmisiz?
— Albatta, «Andijon» muxlislari ashaddiy bo‘lgani tufayli shu yerda ham o‘ynab ko‘rish imkoni hozir menda bor. O‘z o‘yinlarimiz bilan ishqibozlarimizni xursand qilishimizga ishonaman.

— Adashmasam, ilk bor bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov bilan birga ishlayapsiz. Juda talabchan mutaxassis…
— Ha, ushbu murabbiy bilan birinchi bor birga ishlayapmiz. Shaxsan menga yoqdi. Murabbiy talab qilayotgan ishlarni bajarishga harakat qilsam, albatta ko‘p narsa o‘rganaman. Hammani o‘ziga yarasha kamchiligi bo‘lishi mumkin. Ammo bu murabbiyda kamchiliklarni to‘ldirish uchun yechimlar bor.

— Klubda qaysi raqamni tanladingiz va nima uchun?
— 71-raqam. Sababi sir bo‘laqolsin.

— Jamoadagi asosiy maqsadingiz qanday?
— Jamoa bilan maqsadimiz albatta katta. Yaxshi o‘yinlar ko‘rsatib, yuqori o‘rinlarni egallab, o‘z muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz. «Andijon» jamoasi kelajagim uchun ham ajoyib tramplin deb o‘ylayman. Biz mavsum davomida bor kuchimiz va imkoniyatimizni ishga solamiz.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 16:04, 23.02.2024.
O'qildi: 920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик