Londonning "Arsenal" klubi "Barselona"da ijara asosida o‘ynayotgan "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanseluni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Xrach Xachatryan X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, "Arsenal" "Barselona" bilan bog‘liq vaziyatni kuzatmoqda, shu sabab kataloniyaliklar Kanseluning ijara muddatini uzaytira olmasligi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" va "Barselona" o‘rtasidagi ijara shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Avvalroq portugaliyalik himoyachi “Barselona”da qolishni va o‘ynashni davom ettirishni xohlayotgani haqida xabar berilgandi.