Kirish Ro'yxatdan o'tish

Simeone: "Grizmanni har doim o‘ynashga majburlamaymiz"

Simeone: "Grizmanni har doim o‘ynashga majburlamaymiz"

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Inter”ga (0:1) qarshi o‘yinda Antuan Grizmanning jarohatidan tiklanishi haqidagi savollarga ochiq javob berdi.

“Biz Grizmanni har doim o‘ynashga majburlamaymiz. U tayyor bo‘lgach, qaytib keladi. Bizga eng yaxshi Grizmann kerak, ammo u hozir jarohat olgan. Ammo Chempionlar ligasida "Inter" bilan o‘yinda Grizmanga dam bermaganimdan afsuslanmayman", - deya Simeonening so‘zlarini keltiradi Marca.

Taxminlarga ko‘ra, 32 yoshli forvard Ispaniya Kubogining ikkinchi yarim finalida "Atletiko"ning safarda "Atletik Bilbao"ga qarshi o‘yinini aniq o‘tkazib yuboradi. Uchrashuv 29 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Joriy mavsumda Grizmann klub safida barcha turnirlar doirasida 36 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi. 

Kiritildi: 09:18, 24.02.2024.
O'qildi: 1135 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик