Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Rustam Turdimurodov "Andijon"ga transferi haqida: "Taklifni eshitib, xursand bo‘ldim"

Rustam Turdimurodov "Andijon"ga transferi haqida: "Taklifni eshitib, xursand bo‘ldim"

Baho:
+ | -

“Andijon”ning joriy yilgi transfer siyosati iqtidorli, kelajagi bor bo‘lgan o‘yinchilarni jalb etishga ham qaratilgan va seleksiyada ushbu jihatga ham alohida e’tibor qaratildi.

Bunga misol tariqasida Rustam Turdimurodovni tilga olish mumkin. O‘tgan yili Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida to‘p surgan hujumchi “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Qolaversa, u o‘tgan yili Argentinada o‘tgan U20 jahon chempionatida ham terma jamoamiz sharafini himoya qilgan. Bu esa uning iqtidoridan darak.

Hozirda 19 yoshda, bir necha oydan so‘ng 20 yoshni qarshilaydi. Tirishqoq va mehnatkash futbolchining faoliyatida endi yangi sahifa ochilmoqda. Futbolchi klub matbuot xizmatiga o‘zi va yangi maqsadlari haqida gapirdi.

-Rustam “Andijon” klubiga xush kelibsiz! Avvalo, futbolga kirib kelishingiz qanday yuz bergan, kim sababchi bo‘lgan?

-Avvalambor, Andijon ahliga va jamoa muxlislariga Assalamu alaykum! Futbolga kirib kelishimga oilam, ko‘proq dadam sababchi bo‘lgan. Dadam professional futbolchi bo‘lishni istagan, lekin bu nasib qilmagan. Shuning uchun meni futbolchi bo‘lishimni istaganlar.

-Faoliyatingizning boshlanishi qanday yuz bergan?

-Birinchi murabbiyim (Rahmatli – Sarvar aka Sharipov, ukasi Sherzod aka Sharipov) yordamida “Paxtakor” akademiyasiga o‘tdim. U yerda Olim aka Shokirov tarbiyasini oldim. Aynan Olim aka Shokirov yordamida “Paxtakor” U19, U21 va asosiy tarkibga chiqdim .

-“Andijon” jamoasiga ko‘chib o‘tdingiz. Bu taklifni ilk bor eshitganingizda qanday reaksiya bildirdingiz?

-Reaksiya ajoyib va ijobiy tarzda bo‘ldi. O‘zim ham taklifni eshitib, xursand bo‘ldim.

-“Andijon”da o‘z oldingizga qanday maqsad qo‘ydingiz?

-Albatta, jamoamga yordam berish. Buning uchun bor imkoniyatimni ishga solaman.

-Hujumchi sifatida nechta gol urishni mo‘ljallayapsiz?

-Hali Superligada debyut golimni urmadim. Ammo “Andijon”da gollar urib muxlislarning qalbidan joy olmoqchiman. Xudo xohlasa, qancha imkonyat bo‘lsa, shundan foydalanib, ko‘proq gol urishga harakat qilaman.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 11:53, 24.02.2024.
O'qildi: 1274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик