Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Avstraliya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi: «Sovuq havo bizga ta’sir qilmaydi»

Avstraliya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi: «Sovuq havo bizga ta’sir qilmaydi»

Baho:
+ | -

Avstraliya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Toni Gustavsson va himoyachisi Alanna Kennedi kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ishtirok etib, O‘zbekistonga qashi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Besh kunlik yig‘inimizdan keyin futbolchilar jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshi holatda. Jamoaning bugungi mashg‘ulotida bunga yana bir marta amin bo‘ldik. Shunday ekan, ertangi o‘yin oldidan hissiyotlarim juda yaxshi.

Shuni aytishim mumkinki, futolchilar maydonga chiqqanida ularga ob-havoning sovuqligi ta’si ko‘rsatmaydi. Avval ular turli iqlim sharoitlarida o‘ynashgan. Murabbiylar shtabida ilmiy va tibbiy xodimlar borki, ular futbolchilarning sharoitga moslashishi uchun katta hajmdagi ishni amalga oshirmoqda. Shunday ekan, biz o‘yinga yaxshi tayyorlangan holatda bo‘lamiz.

Ikkita o‘yinning orasi yaqinligiga to‘xtaladigan bo‘lsam, biz bunga ko‘nikkanmiz. Avstraliyaga qaytganimizdan keyin imkon qadar futbolchilarni javob o‘yiniga tayyorlashga harakat qilamiz. Bundan tashqari, muxlislar bilan to‘la stadionda o‘ynash shogirdlarimga kuch beradi", — dedi murabbiy.

"O‘zbekiston yaxshi saviyadagi jamoa. Biz ularni hurmat qilamiz. Eng muhimi biz o‘yin davomida sabr qilishni bilishimiz kerak. Oxir-oqibat raqibning mudofaasini yorib o‘ta olishimizga ishonamiz. Eng muhimi hisobni ochib olishimiz zarur. Bunday o‘yinlarda sabr va o‘yin tempi hal qiluvchi omil bo‘ladi. Biz bunga tayyormiz", — dedi Kennedi.

Kiritildi: 11:58, 24.02.2024.
O'qildi: 1563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.